Germaniya kompaniyalari O‘zbekistonda yana ikkita yangi zavod qurmoqchi
O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasida Arton va Wehrhahn Gmbh kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
"Yangi O‘zbekiston" nashri xabariga ko‘ra, unda Germaniya kompaniyalari vakillari tomonidan 2024 yilda Urganch hamda Andijon shaharlaridagi foydalanishga topshiriladigan ikkita yangi zavod uchun ishlab chiqarish liniyalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Mazkur zavodlarda bozorda tobora xaridorgir bo‘lib borayotgan avtoklavlangan gazobeton ishlab chiqariladi.
Shuningdek, kompaniya vakillari 2024-2025 yillarda Navoiy hamda Termiz shaharlarida ikkita yangi zavod qurish, ishlab chiqarish liniyasini yetkazib berish va zavodlarni ishga tushirish bo‘yicha memorandumni ham imzoladi.
Andijon shahridagi zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 600 000 m/kub.ni, Urganch shahrida 300 000 m/kub.ni, umumiy qiymati esa 46 million yevroni tashkil etadi. Termiz hamda Navoiy shaharlaridagi gazobeton ishlab chiqaruvchi yangi zavodlar ham Germaniya ishlab chiqarish liniyalari bilan jihozlanadi.
Termiz shahrida yiliga 300 000 m/kub ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan gazobeton zavodi, Navoiy shahrida esa yiliga 600 000 m/kub ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan gazobeton zavodi hamda 2 250 000 m/kv fibrosement panellari zavodi quriladi. Memorandumning umumiy qiymati 75 million yevroni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
11:54 / 17.12.2024
Germaniyada mpox virusining xavfli shtammi bilan kasallanganlar aniqlandi
21:27 / 16.12.2024
Bundestag Olaf Sholsning so‘roviga binoan uning hukumatiga ishonchsizlik votumi e’lon qildi
16:14 / 14.12.2024
OAV: Germaniya uzra RF harbiy dronlari uchib o‘tgan bo‘lishi mumkin
15:21 / 14.12.2024