Nemis mudofaa konserni Rheinmetall AG Bolgariyada artilleriya snaryadlari işlab çiqariş zavodi qurilişi yuzasidan kelişuvga erişgani haqida xabar berdi. Bu haqda kompaniya saytida seşanba, 28 oktyabr kuni e’lon qilindi.
Rheinmetall Bolgariya markazidagi Sopot şahrida Vazov maşinasozlik zavodi (VMZ) bilan bitim tuzdi. Ikki kompaniya 51 foiz uluş nemis tomoniga, 49 foizi — bolgar tomoniga tegişli bölgan qöşma korxona tuzadi. Yangi korxonaga umumiy investitsiyalar hajmi taxminan 1 mlrd yevroni taşkil etadi, u qariyb 1000 ta iş örni yaratadi.
Zavod yiliga taxminan 100 000 dona artilleriya snaryadlari va ular uçun 150 000 ta jangovar zaryad, şuningdek 1300 tonna porox işlab çiqarişi kutilmoqda. Işlab çiqarişni 2027 yilda boşlaş rejalaştirilgan.
«Imkoniyatlarimizga bölgan işonçi uçun Bolgariya hukumatiga minnatdorçilik bildiramiz, — dedi Rheinmetall boş direktori Armin Papperger. — Yangi zavod oçilişi bilan artilleriya öq-dorilari işlab çiqaruvçisi sifatida yetakçi mavqeimizni yanada mustahkamlaymiz va YeI hamda NATOning mudofaa salohiyatini qöllab-quvvatlaşni davom ettiramiz».
«Biz Germaniyaning texnologik tajribasi va Bolgariyaning sanoat salohiyatini birlaştiruvçi hamkorlik poydevorini qöyamiz — bu Yevropa uçun yanada xavfsiz kelajakni barpo etişga xizmat qiladi», — dedi şartnoma imzolaş marosimida Bolgariya boş vaziri Rosen Jyelyazkov. Uning sözlari Bolgariya hukumatining press-relizida keltirilgan.
Hujjatda qayd etilişiça, zavod 14 oy içida qurilişi va 155 mm kalibrli snaryadlar işlab çiqarişi lozim.












