Jahon | 13:17 / 03.05.2023
13568
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha bosh vaziri o‘rinbosari: Yevropaning yarmi yana Rossiya bilan ishlashni xohlayapti

Petr Glinskiyning so‘zlariga ko‘ra, hukmron “Qonun va adolat” partiyasining raqiblari Ukrainadagi urushni tugatish va Rossiya Federatsiyasi bilan biznesga qaytish haqida “o‘ylayotgan” manfaatdor guruhlarning pozitsiyasini ifodalaydi.

Foto: PolskiRadio

Polshaning hukmron “Qonun va adolat” (PiS) partiyasi siyosiy raqiblari “faqat Ukrainadagi urushni imkon qadar tezroq tugatish va Rossiyaning mijozi bo‘lish hamda u bilan biznes yuritish haqida o‘ylayotgan manfaat guruhlar pozitsiyasini ifodalaydi”. Bu fikrni Polsha bosh vaziri o‘rinbosari Petr Glinskiy 2 may, seshanba kuni chop etilgan Polshaning Kurier Lubelski internet-nashriga bergan intervyusida bildirdi.

"Bizning siyosiy raqobatchilarimizning boshqa yo‘li yo‘q. Ular shunday. Ularning siyosiy ittifoqlari shunday, elektorati shunday", - deya ta’kidladi u.

Glinskiyning so‘zlariga ko‘ra, "Yevropaning yarmi Rossiya bilan biznes aloqalari tiklanishini kutmoqda", Yevropa Kengashining sobiq rahbari va Polsha sobiq bosh vaziri Donald Tusk esa "aniq bu nemis-rus loyihasi ("Shimoliy oqim" gaz quvuri)ni qutqarish uchun vatanga qaytdi".

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi haqida gapirar ekan, Glinskiy shunday dedi: "Biz ukrainalikni yo‘q qilish maqsadi bo‘lgan tajovuzkor bilan ish olib bormoqdamiz va men Polsha davlati va millatiga shubha qilmayman".

2023 yil kuzida Polshada parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Amaldagi bosh vazir Yaroslav Kachinskiyning hukmron konservativ partiyasi asosiy raqobatchisi Donald Tuskning liberal-konservativ “Fuqarolik platformasi” partiyasi bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid