15:05 / 03.05.2023
23023

Xarkivda minalardan tozalovchi traktor va Baxmutdagi merganlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 433-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar

  • Bryansk oblastida temiryo‘lda sodir etilgan portlash oqibatida yuk poyezdining 20 ta vagoni izdan chiqib ketdi. Rossiya temiryo‘llari «temiryo‘l transporti faoliyatiga noqonuniy aralashuv» haqida xabar bergan. Gumonlanuvchilar haqida ma’lumot yo‘q.
  • Oliy rada rasman Rossiyadagi rejimni «rashizm» deb e’lon qildi. Ukraina hukumatining fikricha, Vladimir Putinning diktaturasi «o‘tmishning eng yomon amaliyotlariga ergashadigan va zamonaviy versiyada fashizm (rashizm) va milliy sotsializm g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan neoimperial, totalitar diktatura»dir.
  • Tulada sud Darya Duginaning o‘ldirilishi bo‘yicha ish figurantlari — Aleksandr Suchkov va Andrey Kuznetsovni uch yarim yilga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qildi. Ular Duginaning o‘ldirilishini tashkillashtirishda gumonlangan shaxslar Rossiyadan chiqib ketish uchun foydalangan avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazishda soxtalashtirishga yo‘l qo‘yishda aybdor deb topilgan.
  • Rostov-Don shahrida Rosgvardiyaning sobiq polkovnigi, Qrimda tug‘ilgan, yarimorol anneksiya qilinganidan keyin Rossiya fuqaroligini olgan Valeriy Kotovich harbiy «feyklar» bo‘yicha ayblanib, olti yarim yil muddatga qamaldi. U o‘z aybini tan olmagan, uning oqlovchilari hukmga apellyatsiya bergan.

Baxmut atrofidagi ukrain merganlari

Ukraina qurolli kuchlari Baxmut mudofaasini davom ettirmoqda. 2 may kuni ukrain harbiylarining pozitsiyasiga Ukraina quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy tashrif buyurdi. U «samarali mudofaa va raqibga maksimal darajada yo‘qotish yetkazish» uchun «qator zarur choralar ko‘rilgani»ni ma’lum qildi.

Shu kuni AQSh Milliy xavfsizlik kengashi rasmiysi Jon Kirbi Amerika razvedkasining maxfiylashtirilgan ma’lumotlariga tayanib, Ukrainadagi urushda so‘nggi besh oyda 20 mingdan ortiq rossiyalik harbiylar halok bo‘lib, yana 80 ming nafari yaralangani haqida xabar berdi. Kirbining aniqlik kiritishicha, bu yo‘qotishlarning katta qismi Baxmut uchun janglarda berilgan, 2022 yil dekabridan buyon halok bo‘lgan rossiyalik harbiylarning teng yarmi «Vagner» XHK yollanma jangchilari hisoblanadi. Rossiya tomoni bu ma’lumotni izohlamadi.

Ukrainadagi janglar haqidagi ma’lumotlar bilan onlayn-xaritani yuritadigan DeepState tahlil markazining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari RF armiyasini Baxmut hududida ilgarilash sur’atini sezilarli darajada pasaytirishga majbur qilgan.

Rossiya mudofaa vazirligining 2 may kungi hisobotida Baxmut yo‘nalishidagi yutuq yoki muvaffaqiyatsizliklar tilga olinmagan.

Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi hayot 

Baxmutdan taxminan 30 kilometr shimolda joylashgan Seversk shahrida insonparvarlik yordamlari tarqatiladigan punktdagi non solingan paketlar
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Severskda yashovchi 44 yoshli Oleksandr Vashchenko qo‘shnilariga insonparvarlik yordami solingan qopni olib ketmoqda
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Oleksandr Vashchenko mahsulotlarni qo‘shnilariga tarqatmoqda
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
73 yoshli Valentina Zaruba velosipedida insonparvarlik yordami olib ketmoqda
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastida dalani minalardan tozalayotgan haydovchisiz traktor

Ukrainalik sapyor Xarkiv oblasti Grakovo qishlog‘idan bo‘lgan fermer Oleksandr Krivsov tomonidan ishlab chiqilgan haydovchisiz mashinani boshqarmoqda. Krivsov traktora va rossiyaliklarning yakson qilingan harbiy texnikasi qismlaridan sapyor mashinasini yaratgan. Uning yordamida dalani masofadan turib minalardan tozalash mumkin.
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Oleksandr Krivsovning sapyorlik mashinasi Grakovo yaqinidagi maydonni minalardan tozalamoqda. Rossiya qo‘shini ushbu qishloqni bosqinning ilk kunlarida egallab olgan — Grakovo Ukraina QK nazoratiga 2022 yil sentabrida qaytarilgan.
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top