Moskva Baxmutni bosib oliş uçun navbatdagi dedlaynni belgilagan - 9 may. Şundan keyin, versiyalardan biriga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin «maxsus harbiy amaliyotning barça maqsadlariga erişilgani», «ukrain armiyasi mağlub etilgani»ni aytib, «ğalaba ohangida» uruş yakunlangani haqida e’lon qilişi mumkin. Bu haqda RBK-Ukraina naşrida e’lon qilingna «Uruşning uç ssenariysi. Ukrainaning hujumi nima uçun buriliş nuqtasiga aylanişi mumkin?» sarlavhali materialida aytilgan.
Naşr suhbatdoşlarining tan olişiça, bunda ma’lum darajada mantiq bor. Gap şundaki, rossiyaliklar Baxmutni egallaganidan keyin yuriş qilişda davom eta olişi fakt emas. Ötgan yil yozida Severodonetsk aglomeratsiyasi uçun maşaqqatli janglardan keyin rossiyaliklar bir neça oy davomida harakatdan töxtab qolgandi. Kuzda Ukrainaning qarşi hujumi boşlangaç esa Rossiya faqat bosib olingan hududlarini boy bera boşladi. Ya’ni Moskva tomonidan «uruşning tugaşi» ular egallagan hududlarida mustahkam joylaşib olişga uriniş böladi.
Agar Rossiya Ukraina qurolli kuçlarining hujumiga qadar uruş yakunlangani haqida e’lon qilsa, jahon yetakçilari Kiyevni harbiy amaliyot örniga muzokaralarni boşlaşga köndira boşlaşi mumkin. Qolaversa, hozirning özida Ukraina yon berişi evaziga tinçlik örnatilişini xohlovçi siyosatçilar soni ortib bormoqda.
Agar Kreml uruşni yakunlaş va muzokaralar boşlaş istagini bildirsa, tinçlikparvarlar doirasi faqat kengayadi. Aynan şuning uçun Ukrainaning vazifasi - Baxmut mudofaasini tutib turiş va öz qarşi hujumi boşlanguniga qadar Moskva qandaydir «ğalaba»ga erişişiga yöl qöymasligini ta’minlaş hisoblanadi.
Ukraina quruqlik kuçlari qömondoni general-polkovnik Oleksandr Sirskiy duşman Baxmut yönalişiga «Vagner»ning yangi şturm guruhlarini, boşqa xususiy kompaniyalar jangçilarini, desantçilarni taşlamoqda.
Ukraina QK Şarqiy qöşinlar guruhi spikeri Sergey Çerevatiyning xabar qilişiça, Baxmut yönalişida 25 mingdan ortiq rossiyalik jang qilmoqda.
Ammo ular Baxmutni egallaşga muvaffaq bölmadi, Ukraina qurolli kuçlari esa ayrim uçastkalarda muvaffaqiyatli qarşi hujumlar uyuştirmoqda.
Milliy gvardiya spikeri Ruslan Muziçuk Ukraina şarqida frontning ayrim uçastkalarida janglar minimal masofada keçayotganini aytgan. Gap 100 metr, ayrim holatlarda 50 metr masofa haqida ketmoqda.
2 may kuni ham Oleksandr Sirskiy ukrain harbiylarining Baxmut atrofidagi pozitsiyalariga taşrif buyurgan.


















