Rossiyaning Bryansk oblastida «begona şaxslar aralaşuvi» natijasida lokomotiv va 20 ta yuk vagoni relsdan çiqib ketgan.

«Bugun soat 19:47 da Bryansk oblastida Snejyetskaya - Beliye Berega elektrlaştirilmagan bir tomonli yöl uçastkasida temiryöl transporti faoliyatiga noqonuniy aralaşuv oqibatida lokomotiv va poyezdning yuk ortilgan 20 dan ortiq vagoni izdan çiqib ketgan», deyiladi Rossiya temiryöllari matbuot xizmati xabarida. Şundan söng «Snejyetskaya - Beliye Berega» uçastkasida harakat töxtatilgan.

Oblast gubernatori Aleksandr Bogomazning ma’lumotiga köra, Snejyetskaya stansiyasi hududida noma’lum portlovçi qurilma işga tuşirilgan, jabrlanganlar yöq.

Baza naşri yozişiça esa, mahalliy vaqt bilan soat 19:48 da Snejyetskaya stansiyasi yaqinida Bryanskdan Karaçev tomon harakatlangan yuk poyezdi ötayotganida uçta portlovçi qurilma işga tuşgan. Natijada lokomotiv va vagonlar relsdan çiqib ketgan. Poyezdlar harakati töxtatilgan.

Rossiya temiryöllari ma’lumotiga köra, hodisa oqibatida yonğin çiqmagan, ammo voqea joyida şahardagi öt öçiriş bölinmalari iş olib borgan, şuningdek ikkita qutqaruv poyezdi ham yuborilgan. Jabrlanganlar yöqligi aytilgan.

Gubernator Aleksandr Bogomaz telegram kanalida voqea joyida olingan fotoni joylaştirdi.

Ayrim ma’lumotlarga köra, yuk poyezdi xavfli ximikatlar, jumladan, oltingugurt va selitra, şuningdek propan va ohak olib ketayotgan bölgan. Baza telegram-kanaliga köra, yonğin röy bermagan bölsa ham, öt öçiruvçilar relsdan çiqib ketgan vagonlar va soçilib ketgan materiallarga suv sepib çiqqan.

Rossiya Tergov qömitasi voqea joyida olingan videoni e’lon qilgan.

Bu sönggi kunlarda temiryöllarda sodir bölgan birinçi bu kabi holat emas. 1 may kuni ham Bryansk oblastida Uneça - Rassuxa yönalişida temiryöl portlatilişi oqibatida poyezd relsdan çiqib ketgan va belaruslarning neft mahsulotlari va yoğoç taşiyotgan yuk poyezdida yonğin çiqqandi.

Öşanda lokomotiv va sakkizta vagon relsdan çiqib ketgandi. Belarus transport va kommunikatsiyalar vazirligi ma’lumotiga köra, tarkibda jami 78 vagon