Şu paytga qadar biz bu mavzuga bir neça bor murojaat qilganmiz, lekin hali yaylovlar boşqaruvi va holatini yaxşilaş, özgartiriş borasida aniq iş qilingani sezilmayotgandek.
Sayt muxbiri yana bir bor mavzuga qaytdi va soha muammolarini olimlar iştirokida muhokama qildi.
— Usmon aka, Bahrom aka, olim sifatida bugun Özbekistonda çorva uçun yaylov yetişmayotgani, mavjud yaylovlar degradatsiyasi esa kuçayib ketayotgani muammosining sabablarini nimalarda körasizlar? Umuman, tahlil qilsak, bu yönaliş qayoqdan kelib qayoqqa ketyapti özi?
Usmon Norqulov:
— Yaylovlar juda katta muammoga duç kelyapti. Respublikamizning 51 foizi tabiiy yaylovlar hisoblanadi. Bular: toğ, toğoldi, adirlik, tekislik va sohil yaylovlari. 55-60 yil oldin unumdorlik ança yuqori bölgan. Olimlarning kuzatuvi şuni körsatadiki, öşa paytlarda 1 gektar tabiiy yaylovdan kamida 10-15 sentner massa olingan va çorva mollari bemalol töyib oziqlangan.

Lekin keyingi 50 yil içida yaylovlarda inqiroz kuçaydi. Bundan taşqari, qurğoqçilik, garmsel, atmosfera yoğinlarining kamayişi — iqlim özgarişi ta’sirida yaylovlardagi ösimlik dunyosiga jiddiy zarar yeta boşladi. 1700 turdagi ösimliklar bölgan yaylovlarimizda, hozir esa şulardan 200 turdagisi umuman yöqolib ketgan, ba’zilari öta kamayib ketgan.
Nima uçun bu darajaga kelib qoldi, degan masala kötarilyapti. Buning asosiy sabablarini ikkiga bölib örganganmiz. Birinçisi, tabiiy omillar ta’siri, ya’ni iqlim özgarişlari. Bu omil sabab juda murakkab vaziyat vujudga kelyapti. 12 yillik kiçik siklning 7-8 yili qurğoqçil bölyapti. Bu esa öz navbatida yaylovlarning holatiga, ösimlik dunyosiga salbiy ta’sir körsatyapti. Ikkinçisi, iqlim özgarişi natijasida tuproq eroziyasi (suv yoki şamol orqali tuproqning ustki qatlami yemirilişi) nihoyatda kuçayganligi. Tuproqning unumdor qatlamining yemirilişi natijasida millionlab tonna ozuqa moddalari ham yemirilib ketyapti.

Atmosfera yoğinlari bölyapti, lekin ularning yoğiş muddati intensivligida katta farq paydo bölgan. Masalan, hozir yomğir sekin uzoq vaqt yerga singdirib yoğmaydi, birdan kuçli jala böladi va pastliklarga oqib ketadi. Şamollar ham kuçaygan. Şamol natijasida nafaqat qurğoqçilik, balki çang-tözonlar ham vujudga kelyapti, tuzlar bir joydan ikkinçi joyga uçib boryapti. Bularning hammasi ösimliklar dunyosiga ta’sir ötkazyapti.

















