Peterburgda o‘zbekistonlik ayol farzandini tiriklayin ko‘mmoqchi bo‘ldi
Uning ruhiy-nevrologik dispanserda ro‘yxatga olingani aytildi.

Foto: 78.ru
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 10 oylik chaqaloqni tiriklayin ko‘mmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Vavilov ko‘chasida yashovchilar chaqaloqni tiriklayin ko‘mmoqchi bo‘lgan ayolni ko‘rib qolib, politsiyaga murojaat qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idorasi xodimlari o‘zbekistonlik ayolni qo‘lga olgan. Uning to‘rt farzandi borligi aytilmoqda.
Ayol so‘roq paytida bolani o‘ldirish niyati bo‘lmaganini, faqat erini xiyonat qilishdan qaytarish uchun o‘ziga xos marosim o‘tkazganini aytgan. Kalinin tumani ma’muriyati xabariga ko‘ra, ayol ruhiy-nevrologik dispanserda ro‘yxatga olingan.
Voqeadan keyin ayol ruhiy-nevrologik shifoxonaga, chaqaloq esa bolalar shifoxonasiga yotqizilgan.
Ayni paytda huquq-tartibot idorasi xodimlari voqea sabablarini o‘rganishda davom etmoqda.
Mavzuga oid

22:47 / 20.05.2025
Rossiya fuqaroligini olgan 20 ming chet ellik Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda - Bastrikin

21:36 / 20.05.2025
O‘zbekistonlik jangarilar Suriyada Rossiya harbiy bazasiga hujum qildi – OAV

20:36 / 20.05.2025
YeI davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-paketini tasdiqladi

18:46 / 20.05.2025