Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxtiyor Saidov Hindistonda Pokiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalarini muhokama qildi.
Hindistonda tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bhutto Zardoriy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Qadrli birodarim Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bhutto Zardoriy Janobi Oliylari bilan Hindistonning Goa shtatida uchrashdik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston-Pokiston hamkorligining salohiyatidan barcha sohalarda keng foydalanish bo‘yicha muloqot qilingan.
O‘zbekiston TIV rahbari 4-5 may kunlari bo‘lib o‘tayotgan Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Hindistonga tashrif buyurdi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026