Boks. Jalolov chorakfinalda, yana uch bokschi o‘z janglarida g‘alaba qozondi

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Toshkentda boks bo‘yicha jahon chempionatining 7-kuni o‘tkazildi. Yakshanba kungi bahslarda muxlislarning asosiy e’tibori o‘zbekistonlik Olimpiada chempionlari ishtirokidagi janglarga qaratildi.
Kunning dastlabki jangida -57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalokov avstraliyalik Charli Seniorga qarshi ringga ko‘tarildi. Bahsda buxorolik bokschi yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozonib, 1/8 finalga yo‘llanma oldi.

Ikkinchi bahsda -75 kg vazn toifasi vakili A’loxon Abdullayev turnirdagi ilk jangida xitoylik Meng Yang Jaoga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alabaga erishdi – 5:0.

Uchinchi jangda esa Rio-2016 olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov -51 kilogramm vazn toifasida musobaqadagi 2-bahsini marokashlik Said Mortajiga qarshi o‘tkazib, raqibiga imkoniyat qoldirmadi – 5:0.

Eng ko‘p tomoshabin yig‘ilgan kunning vakillarimiz ishtirokidagi 4-jangida eng og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov okeaniyalik Teremoanaga qarshi ringga ko‘tarildi. Tokio olimpiadasi g‘olibi raqibini 2-raunddayoq texnik nokautga uchratib, chorakfinalga yo‘llanma oldi.

JCh-2023. O‘zbekistonlik bokschilarning 7 may kungi ishtiroki:
-57 kg. Abdumalik Xalokov - Charli Senior (Avstraliya) – 5:0 g‘alaba.
-75 kg. A’loxon Abdullayev – Meng Yang Jao (Xitoy) – 5:0 g‘alaba.
-51 kg. Hasanboy Do‘smatov - Said Mortaji (Marokash) – 5:0 g‘alaba.
+92 kg. Bahodir Jalolov - Teremoana Teremoana (Avstraliya) – 2-raundda texnik nokaut.

8 may (dushanba). O‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi janglar anonsi:
-54 kg: Oybek Jo‘rayev - Tamir Galanov (Serbiya) (B ring, 14:55dan so‘ng)
-92 kg: Lazizbek Mullojonov - Giorgi Tchigladze (Gruziya) (A ring, 16:10dan so‘ng)
-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev - Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston) (B ring, 18:10dan so‘ng)
-60 kg: Mujibillo Tursunov - Muhammad Hamud (Marokash) (B ring, 19:10dan so‘ng)
-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Sagindik Tagambay (Qozog‘iston) (A ring, 20:10dan so‘ng).
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar
Jahon | 21:42 / 15.06.2025
-
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
-
Kun.uz’ning rasmiy Telegram kanalidagi nojoiz reklamalar yuzasidan obunachilarga murojaat
Jamiyat | 20:03 / 15.06.2025
-
Kiyevda Boeing ofisi zarbaga uchragan, Tataristonda dron zavodiga hujum qilindi
Jahon | 19:45 / 15.06.2025
Mavzuga oid

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev meksikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi

09:20 / 13.04.2025