Foto: RIA Novosti

Bu harbiy jyest “chest bermoq, salomlashish” kabi turlicha atalsa ham, rasmiy tarzda “harbiy salomlashish” deb nomlanadi. Bu harakat harbiylarning birdamligi, xushmuomalaligi va tarbiyaliligi namunasi sanaladi. 

Harbiy salomlashish butun dunyo uchun standart emas. Masalan, Armaniston mudofaa kuchlari qoidasiga ko‘ra, harbiy salom vaqti bosh kiyim bo‘lishi majburiy emas. 

AQSh harbiylari uchun esa salomlashishda yana bir qoida bor: jyest vaqti ikkala qo‘l ham bo‘sh bo‘lishi kerak. Lekin bu qoida prezidentlar tomonidan bir necha bor buzilgan. Barak Obama bir marta harbiylar bilan salomlashganda qo‘lida stakan bo‘lgan. Kichik Jorj Bush esa qo‘lida it ko‘tarib olgancha dengiz kuchlari harbiylari bilan salomlashadi. Shubhasiz, bu holatlar vatanparvar amerikaliklarning e’tirozlariga sabab bo‘lgan. 

AQSh prezidenti kichik Jorj Bush.
Foto: AP/Reuters/Global Look Press

Yana salomlashish kaftning old yoki orqa tarafini boshga tekkizish bilan ham farqlanishi mumkin. Polshada esa harbiylar faqat ikki barmoq bilan “chest” berishadi. Umumiy qoida: qo‘l bosh chetiga tegib tursa bo‘ldi. Lekin g‘alati tarafi shundaki, biror tarixchi yoki harbiy mutaxassis harbiy salomlashishning bu ko‘rinishi qanday paydo bo‘lganini aniq ayta olmaydi. Faqat turli variantlar bor xolos. 

Foto: Jeremy Selwyn / Reuters

Ikkita variant ishonchlilik jihatdan yuqoriroq o‘rinlarni egallaydi. Birinchisi: tarixda harbiylar bir-biri bilan salomlashganda o‘ng kaftini ochiq holda ko‘rsatishlari qurol yo‘qligini bildirishdan iborat bo‘lgan. 

Ikkinchi variantga ko‘ra, bunday salomlashish o‘rta asrda paydo bo‘lgan. Ritsarlar boshidagi dubulg‘ani ko‘tarib qo‘yish orqali o‘zlarining tinchlik tarafdori ekanliklarini ifodalashgan.