Tadbirkorlarning bankdagi pulini noqonuniy olib qo‘yganlik uchun javobgarlik belgilandi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ularni o‘z vaqtida qaytarmaslik, oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (6 mln 600 ming so‘mdan 13 mln 200 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi: BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima; 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish; 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari; 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
O‘sha harakatlar: ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda, uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. «Barsa» Lissabondagi «otishma»da superkambek amalga oshirdi, «Atletiko»da ham irodali g‘alaba, «Liverpul»da 100 foizlik natija
Sport | 03:23
-
Tramp AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi - infografika
Jahon | 01:29
-
Slovakiya muxolifati Robert Fitsoga ishonchsizlik votumi beriladigan yig‘ilishdan chiqib ketdi
Jahon | 00:40
-
Qirg‘izistonda ekstremistik materiallarni targ‘ib qilgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid
08:43 / 16.01.2025
O‘zbekistonda 200 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi oshdi
15:14 / 06.09.2024
Rossiyada salkam 50 mln so‘m pulini ololmagan o‘zbekistonliklar ish haqi undirib berildi
16:07 / 22.08.2024
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
08:05 / 25.07.2024