CNN: AQSh Rossiya bilan mahbuslarni almashish uchun nomzodlarni qidirmoqda
Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning ehtimoliy agentlari qo‘lga olingan ittifoqchi davlatlar, jumladan Germaniya bilan aloqa o‘rnatmoqda, deb yozadi CNN.
Jo Bayden ma’muriyati Rossiya agentlarini qo‘lga olgan davlatlar, jumladan Germaniya, Braziliya va Norvegiya rasmiylariga bog‘lanib, bu davlatlar Rossiya bilan The Wall Street Journal (WSJ) jurnalisti Evan Gershkovich va sobiq dengiz piyoda askari Pol Uilanni ozod qilish uchun mahbuslarni ommaviy almashishga tayyormi yoki yo‘qligini bilmoqchi. Bu haqda 11 may, payshanba kuni Amerikaning CNN telekanali uch manbaga tayanib ma’lum qildi. Oq uy, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, dedi AQSh ma’muriyatining yuqori martabali rasmiylari telekanalga.
Rossiya rasmiylari avvalroq Uilan evaziga Rossiya razvedka apparatiga aloqador shaxs topshirilishini kutishayotganini bildirdi, Gershkovichga ham shunga o‘xshash talablar qo‘yilishi mumkin, deb ta’kidlaydi CNN. Bir qancha rossiyalik kiberjinoyatchilar Qo‘shma Shtatlarda hibsda bo‘lsa-da, Rossiya ularni almashinuvning bir qismi sifatida qabul qilishga rozi bo‘lmaydi, deydi kanal. Ismlar ro‘yxati hali tuzilmagan va Amerika tomonidan "unga kim kirishi borasida" shiddatli raqobat bor, dedi kanal manbasi.
Rossiya rasmiylari CNN telekanaliga bu borada AQSh va Rossiya o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning “maxsus kanallari” borligini tasdiqladi. CNN manbasi aytishicha, Moskva Berlinda sobiq chechen qo‘mondoni Zelimxon Xanqoshvilini o‘ldirganlikda ayblanib qamoq jazosiga hukm qilingan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ("FSB") sobiq polkovnigi Vadim Krasikovning berilishidan “eng ko‘p manfaatdor”. Germaniya Krasikovni AQSh fuqarolariga almashishda ishtirok etishga qanday sharoitda rozi bo‘lishi noma’lum, deb yozadi CNN.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
16:55 / 12.11.2024