Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
Sinoptiklar 15-17 may kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Foto: Kun.uz
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 15-16 mayda ba’zi joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 17 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zan 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 mayda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja, 16 mayda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +17...+22 daraja, 17 mayda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 15 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17 mayda ba’zi joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 16 mayda ba’zan 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 mayda kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +32...+37 daraja, 16 mayda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +17...+22 daraja, 17 mayda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 15-16 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 17 mayda ba’zi joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zan 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 mayda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +30...+35 daraja, 16 mayda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja, 17 mayda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 15-16 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 17 mayda ba’zi joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, Qashqadaryo viloyatining ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zan 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 mayda kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +32...+37 daraja, 16 mayda kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +27...+32 daraja, 17 mayda kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, , 15-16 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 17 mayda ba’zi joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zan 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 mayda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +30...+35 daraja, 16 mayda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +27...+32 daraja, 17 mayda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +18...+23 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 17 mayda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi 15 mayda +18...+23 daraja, 16-17 mayda +14...+19 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:35 / 16.02.2026
Hafta davomida harorat +25 darajagacha isishi kutilmoqda
10:32 / 16.02.2026
Qator viloyatlarda sel va suv toshqinlari bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilindi
14:33 / 14.02.2026
Yashin tushdimi yoki AI mahsuli? Hokimlik O‘zgidromet xabarini rad etdi
11:30 / 13.02.2026