Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi xorijiy investitsiyalar hajmida Xitoy ulushi eng ko‘p ekani ma’lum bo‘ldi
Yilning birinchi choragida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning qariyb 20 foizi Xitoyga tegishli.
Foto: iStock
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 56,6 trln so‘mni tashkil etgan.
Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar 25,1 trln co‘m miqdorida qayd etilgan.
O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning qariyb 20 foizi Xitoyga tegishli. Keyingi o‘rinlarni Rossiya (15,7 foiz) va Saudiya Arabistoni (13,5 foiz) egallagan.
O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:
- Xitoy – 19,9 %
- Rossiya – 15,7 %
- Saudiya Arabistoni – 13,5 %
- Turkiya – 6,1 %
- Kipr – 5,4 %
- Germaniya – 3,3 %
- Shveytsariya – 3 %
- Singapur – 2,9 %
- Honkong – 2,8 %
- Buyuk Britaniya – 2,7 %.
Mavzuga oid
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
12:15 / 29.12.2025
Vingroup O‘zbekistonda shaharsozlik va turizm loyihalarini o‘rganmoqda
15:32 / 24.12.2025
«Treyderlik katta soha, nojoiz instrumentlar ham bor»: aksiyalar bozori haqida ekspert bilan suhbat
09:21 / 23.12.2025