Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlar «ruslarni sharmanda qilish uchun» guruhli hujum qilayotgani aytildi
Ularni frontga yuborish taklif etildi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi (RTQ) rahbari Aleksandr Bastrikin so‘zlariga ko‘ra, «migrantlar tomonidan rossiyaliklarni kamsitish maqsadida guruh bo‘lib hujum qilish» faktlari mavjud. Shu bilan birga, Rossiyaning Ukrainada harbiy amaliyoti boshlanganidan so‘ng, aholining ushbu toifasida jinoyatchilik ko‘paygan.
«2022-2023 yillarda migrantlar ishtirokidagi jinoyatlarning keskin o‘sishi qayd etildi. Agar xorijlik fuqarolarni qabul qiladigan bo‘lsak, ular barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi va [urushdagi] oldingi safga chiqishi kerak. Agar talablarga rioya qilishni istamasa, uyiga qaytib ketishsin», dedi Aleksandr Bastrikin.
Avvalroq, RTQ raisi Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumida so‘zlagan nutqida migrantlar tomonidan sodir etilgan qotilliklar miqdori yiliga 18 foizga oshganini ma’lum qildi.
Shu sabab u ijtimoiy tarmoqlarda yangrayotgan fikrlarni taklif qildi: migrantlarni urushga jo‘natish, agar rad etishsa, vataniga qaytarish.
Tergov qo‘mitasi raisi keltirgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda Rossiyada 12 million, 2022 yilda esa 14,5 million migrant bo‘lgan. Shu bilan birga, 2022 yilda migrantlar tomonidan sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar soni 11 mingdan 15 minggacha, ular orasida qotilliklar 18 foizga oshgan.
«Ya’ni migrantlar soni ortib bormoqda va migrantlar tomonidan sodir etilgan og‘ir jinoyatlar soni ham keskin oshib bormoqda», dedi u.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
23:44 / 13.06.2026