Erdöğan – köp qutblilik nomzodi, islomiy konservatizm va turkiy birlik tarafdori.

Qiliçdoröğli – dunyoviy liberal-demokratiya nomzodi, ğarb bilan yaqinlaşiş, Rossiya va Xitoydan masofalaniş tarafdori.

U Turkiy birlikdan voz keçmaydi, lekin turkiy birlikka Erdöğanga nisbatan biroz kamroq e’tibor berişi mumkin.

Xöş, Özbekiston uçun, kim ma’qul?

Köp qutblilik – kerakli narsa. Dunyo bir qutblilikdan ança çarçadi. Lekin, muammo şundaki, köp qutblilikning asosiy ijodkorlari – bizning yonimizdagi ikki imperiya – Rossiya va Xitoy hisoblanadi.

Köp qutblilik kuçayişi – Markaziy Osiyoning şu ikki imperiya tomonidan yutilişini anglatadi.

Dunyoga köp qutblilik kerak bölsa, bizning mintaqaga Moskva va Pekinni tiyib turuvçi global tizim kerak.

Demak, ikkala nomzoddan har birining biz uçun ijobiy va salbiy jihatlari bor ekan. Erdöğan kelsa, köp qutblilik tezlaşadi. Lekin, Erdöğan bu köp qutblilikni “turkiy birlik” orqali kompensatsiya qilişi mumkin.

Qiliçdoröğli kelsa, Rossiya va Xitoyni tiyib turuvçi tizim kuçayib boşlaydi. Lekin, ma’lum vaqt turkiy birlik pauzada böladi yoki bu loyihaga ehtiyoj pasayadi.

Aslida, hammasi mintaqa davlatlariga, elitalariga va jamiyatlariga boğliq. Turkiya qança yordam qölini çözmasin, mintaqa taşqi tahdidlar qarşisida falaj qolaversa – heç kim yordam bera olmaydi.

Markaziy Osiyo mintaqasining özi taşabbus körsatişi va özining global sub’yektligini oşirişi kerak böladi.

Kamoliddin Rabbimov,
siyosatşunos

  • Kun.uz “Nuqtayi nazar” rukni ostida hajmi 500 ta sözdan oşmaydigan, muallif nuqtayi nazari ifodalangan ixçam mulohaza-maqolalarni berib boradi. Kelgusida rukn faoliyatini kengaytiriş közda tutilgan.