Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘adi
Hafta davomida respublika hududining katta qismi Kavkaz hududlari ustida shakllangan yuqori siklon ta’siri ostida bo‘ladi.
Bugun respublika bo‘yicha quruq va ochiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi +33...+35 darajani tashkil etadi.
Ish haftasi qolgan kunlarida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, 16 mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 17 mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir kuchli yog‘ishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
Harorat foni: ertaga kechasi +18...+20 darajani, kunduzi +31...+33 darajani tashkil etadi, chorshanba kuni kechasi +13...+18 daraja bo‘ladi, kunduzi +17...+22 darajagacha pasayadi, payshanba kuni kechasi +10...+15 daraja bo‘ladi, kunduzi +20...+25 darajagacha biroz ko‘tariladi, juma kuni kechasi +12...+17 darajani tashkil etadi, kunduzi +25...+30 darajagacha yana biroz ko‘tariladi.
15-16 may kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 17 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 17-19 may kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda (2000 metrdan yuqorida) 17-19 may kunlari yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Poytaxtda bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi, chorshanba va payshanba kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol yo‘nalishi o‘zgarib turadi, chorshanba kuni 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat bugun kunduzi +33...+35 darajani, ertaga kechasi +18...+20 darajani, kunduzi +29...+31 darajani tashkil etadi, chorshanba kuni kechasi +16...+18 daraja bo‘ladi, kunduzi +20...+22 darajagacha pasayadi, payshanba kuni kechasi +12...+14 darajagacha pasayadi, kunduzi +23...+25 darajagacha biroz ko‘tariladi.
Mavzuga oid
08:51 / 29.05.2026
2027 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin
09:30 / 15.05.2026
Bahor salqin va seryog‘in keldi. Nahotki urush sabab?
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
21:57 / 03.05.2026