Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev: Ukraina qurolli kuchlari Baxmut yaqinida oldinga siljishda davom etmoqda
Yakshanba kuni Ukraina qurolli kuchlari Baxmut chekkasining shimoli va janubida dushmanning 10 dan ortiq pozitsiyasini egallab oldi va Ivanovskiy yaqinidagi o‘rmonning muhim qismini tozaladi, deb xabar berdi Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Telegram-kanalida.
Foto: landforcesofukraine
Malyarning so‘zlariga ko‘ra, Baxmutning o‘zi ham “juda qaynoq” nuqta bo‘lib qolmoqda.
“Dushman u yerga bor kuchini to‘plab, yo‘lidagi hamma narsani vayron qilib olg‘a intilmoqda. Keskin janglar davom etmoqda”, dedi u.
Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shinlarining Baxmut shimolidagi pozitsiyalaridan chekinganini tan oldi. Bundan idora rasmiy vakili Igor Konashenkovning brifingidagi ma’lumotlar darak beradi.
Rossiya qo‘shinlari "Yug" guruhining Malolilinovskoye yo‘nalishidagi bo‘linmalari "Berxovskoye suv omborining qulay sharoitlarini hisobga olgan holda" chiziqni egallab oldilar, dedi Konashenkov hamda buni "mudofaa barqarorligini oshirish maqsadi bilan" tushuntirdi.
Avvalroq, "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) asoschisi Yevgeniy Prigojin, rossiyalik harbiy blogerlar va Ukraina Qurolli kuchlari Ukraina armiyasining hududda muvaffaqiyatga erishgani haqida xabar bergan edi.
ISW urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika institutining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari muvaffaqiyati Ukrainaning kutilayotgan qarshi hujumi fonida Rossiya axborot maydonida vahimani kuchaytirdi.
Mavzuga oid
20:41 / 20.04.2026
Ukrainadagi urush robotlar va dronlar qarama-qarshiligiga aylanib bormoqda – OAV
18:48 / 20.04.2026
Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonliklar soni 4,8 mingdan oshdi – OAV
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:35 / 20.04.2026