Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiyaning ayrim ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha vakolati IIB huquqi bilan tenglashtirildi
AOKAda Milliy gvardiya Markaziy devoni rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ma’muriy javobgarlik kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlar haqida ma’lumot berildi.
Foto: AOKA
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga muvofiq Milliy gvardiya zimmasiga ommaviy tadbirlar vaqtida, shuningdek, bog‘lar, xiyobonlar hamda bozorlarda jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash vazifasi yuklatilgan.
Joriy yilning 12 may kunidan Milliy gvardiyaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 16 ta moddasi (183-, 184-2-, 184-3-, 185-, 185-, 185-, 186-, 187-, 188-, 188-1-, 188-2-, 188-3-, 189-, 189-1-, 191-, 192-) bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlash vakolati berildi.

Endi Milliy gvardiya xizmatchilari tomonidan joyning o‘zida shaxsni aniqlash va elektron shaklda bayonnoma tuzish tartibi amalga oshiriladi hamda mazkur bayonnoma sudga yoki Milliy gvardiya mansabdor shaxslariga yuboriladi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ko‘rsatilgan moddalarga ko‘ra, Ichki ishlar boshqarmasi va Milliy gvardiya organlari ishlarni ko‘rib chiqishda teng huquqlidir.

Mavzuga oid
12:01 / 12.02.2026
Milliy gvardiyada ham bir guruh mulozimlar pensiyaga kuzatildi
12:28 / 05.02.2026
Foto va videoqayd orqali aniqlanadigan huquqbuzarliklar ro‘yxati belgilandi
18:01 / 02.02.2026
«Layk» to‘plash maqsadida qilingan huquqbuzarlik uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin
15:23 / 28.01.2026