Iqtisodiyot | 21:04 / 18.05.2023
33529
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xitoy bilan savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi 

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, energetika, IT va boshqa sohalarda hamkorlik bo‘yicha qator shartnomalar imzolandi. 

2023 yilda O‘zbekiston Xitoy bilan savdo aylanmasini 10 mlrd dollarga yetkazmoqchi. O‘tgan yili ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 20 foizga oshgan edi. Bu haqda investitsiya, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ma’lum qildi. Uning Sian shahrida o‘tkazilgan xitoy-o‘zbek biznes forumidagi so‘zlarini Xitoyning CGTN telekanali keltirdi. 

Tadbir doirasida Xitoyning ishbilarmon doiralari va O‘zbekistonning sohaga talluqli idoralari vazirliklari umumiy loyiha va rejalarni batafsil muhokama qilishdi. Uning yakunida tomonlar qishloq xo‘jaligi, energetika, IT va boshqa sohalarda hamkorlik bo‘yicha qator shartnomalarni imzoladi. 

«Birinchi navbatda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha shartnomalarni imzoladik. Bu 6 GVt quvvatga ega. Bu loyihalar O‘zbekistonni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan. Bu mintaqaning barcha mamlakatlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi», dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. 

«Ikkala mamlakatda ham o‘z xomashyo bazasi bor. Agar sanoat bo‘yicha ideal kooperatsiya yaratsak, mamlakatlar ichidagi erkin bozorlarni to‘ldirishimiz mumkin. Bu mamlakatlar logistika bo‘yicha juda qulay joylashgan. Xitoy quruqlikdagi yo‘llar orqali Markaziy Osiyodan Yevropaga ko‘prik o‘rnatishi mumkin. Bu tovarlarni tezkor yetkazib berish imkoniyatini paydo qiladi», dedi Savdo-sanoat platasi raisi Davron Vahobov. 

«Xitoyning ko‘plab sohalardagi texnologik rivojlanishi hayratlanarli. «Bir poyezd – bir yo‘l» loyihasi davlatlar o‘rtasida yagona hudud yaratish uchun juda yaxshi maydoncha hisoblanadi va ta’lim, fan va texnologiyalarni hamkorlikda rivojlantirish imkonini beradi. Biz allaqachon xodimlar almashish ustida ishlayapmiz. Talabalarimiz Xitoyda ta’lim olmoqda», dedi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova.

Mavzuga oid