Jahon | 13:01 / 18.05.2023
5715
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa kengashi Ukrainaning Rossiya agressiyasidan ko‘rgan yo‘qotishlari reyestrini tuzyapti

Yo‘qotishlar reyestri kelgusida Ukrainaga tovon to‘lash bo‘yicha da’volar uchun asos bo‘ladi. Yevropa kengashi yig‘ilishida Ukraina tinchlik formulasi urushni tugatishning asosiy sharti deb ataldi.

Foto: AP

Yevropa kengashi Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushi tufayli Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda. 17 may, chorshanba kuni Islandiya poytaxti Reykyavik shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari Ukrainaning Rossiya agressiyasidan ko‘rgan yo‘qotishlari reyestrini tuzishga kelishib oldi. Bu, Germaniya kansleri Olaf Sholsning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi kompensatsiya uchun da’volarga asos yaratadi. Tegishli qarorni sammitning 46 nafar ishtirokchisidan 43 nafari imzolagan.

Reuters ta’kidlashicha, ushbu qarorga qaramay, moliyalashtirish masalalari ochiqligicha qolmoqda. "Huquqiy variantlarga kelsak, biz muzlatilgan Rossiya mulkidan foydalanishimiz mumkin, boshqa variantlar ko‘p emas", dedi Shols. Uning so‘zlariga ko‘ra, urushdan ko‘rilgan ulkan zararni to‘lash masalasi Ukrainadagi urush tugaganidan keyin yangi dunyo tartibi doirasida hal etilishi kerak.

"Yo‘qotishlar reyestri masalasida gap yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni ta’minlash haqida ketmoqda. Rossiya o‘zi yetkazgan zararni to‘lashi kerak", - deya ta’kidladi Germaniya kansleri.

O‘z navbatida, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Ukraina “tinchlik formulasi”ni urushni tugatishning asosiy sharti deb atadi. "Ukraina ishtirokisiz biz Ukraina bo‘yicha hech narsa qaror qilmaymiz. Shuning uchun men barchani ushbu "tinchlik formulasini" qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman", dedi u.

Mavzuga oid