Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yildan buyon o‘zlashtirilgan Xitoy investitsiyalari hajmi 11 mlrd dollarni tashkil etdi
Xitoyning qadimiy poytaxti Sian shahrida o‘zbek–xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Dunyo
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov forum ishtirokchilariga kirish so‘zi bilan murojaat qilar ekan, ishbilarmon doira vakillarining o‘zaro manfaatlarini, sheriklik munosabatlarini o‘rnatishga bo‘lgan qat’iy munosabatini yuqori baholadi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalar izchil sur’atda o‘sib kelayotganligi ta’kidlandi. 2022 yil oxirida tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga oshib, rekord darajadagi 9 milliard dollarga yetdi. Shu bilan birga, ikki davlat rahbarlari bu ko‘rsatkichni joriy yilda 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq vazifani qo‘ydilar, bunga esa birgalikdagi sa’y-harakatlar va muvofiqlashtirilgan tadbirlar orqali erishish mumkin.
Investitsiyaviy yo‘nalishda ham barqaror o‘sish kuzatilmoqda. 2017 yildan buyon o‘zlashtirilgan Xitoy investitsiyalarining umumiy hajmi 5 baravarga oshib, 11 milliard dollarni tashkil etdi. 2022 yilning o‘zidayoq Xitoy sarmoyasining 2,2 milliard dollari o‘zlashtirildi. O‘zbekistonda so‘nggi 5 yil ichida XXR bilan qo‘shma korxonalar soni 3 barobarga oshdi.
Forum davomida birgalikda amalga oshirish uchun o‘nlab turli soha va yo‘nalishlarni qamrab olgan aniq loyihaviy taklif va tashabbuslari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Forum ishtirokchilari bo‘lajak hamkorlikni tashkil etilgan B2B va G2B muzokaralari doirasida batafsil muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunlari bo‘yicha qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi.
Mavzuga oid
12:15 / 29.12.2025
Vingroup O‘zbekistonda shaharsozlik va turizm loyihalarini o‘rganmoqda
15:32 / 24.12.2025
«Treyderlik katta soha, nojoiz instrumentlar ham bor»: aksiyalar bozori haqida ekspert bilan suhbat
09:21 / 23.12.2025
Ishonchli boshqaruvchilar aktivlarini baholash har chorakda amalga oshiriladi
10:10 / 22.12.2025