Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga subsidiya berilishi kutilyapti
Hukumatning “2023 yilda aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturini tasdiqlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi bilan mahallalarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash shuningdek, ishsizlikni kamaytirish va norasmiy bandlikni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar joriy etilmoqda.
2022 yil 1 noyabrdan boshlab tomorqa yer uchastkalarida band bo‘lmagan aholini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan:
- parranda (tovuq, bedana, o‘rdak, g‘oz, kurka), parrandani saqlash uchun katak, ozuqa yemi hamda dori vositalarini;
- uzum ko‘chati va tok so‘risini;
- asalari oilasi, asalari uyasi uchun quti hamda ozuqa yemini;
- quyon, quyon katagi va ozuqa yemni;
- baliq chavoqlari, sun’iy hovuz va ozuqa yemni xarid qilish uchun subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)ni bajarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda kamida uch nafar xodimni yollagan yakka tartibdagi tadbirkorga mehnat qurollari hamda shaxsiy himoya va gigiyena vositalarini sotib olish uchun subsidiyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
13:31 / 13.06.2026
Quyosh panellari egalariga subsidiya to‘lash kechikmoqda
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
17:38 / 12.05.2026
O‘zbekistonda bir qator subsidiyalar belgilandi
20:08 / 05.05.2026