Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volodimir Zelenskiy Xiroshimadagi G7 sammitida ishtirok etadi
Amerika matbuoti Ukraina prezidentining yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida ishtirok etishini xabar qilmoqda. Oldinroq u uchrashuvda onlayn formatda chiqishi rejalashtirilgan edi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy G7 sammitida shaxsan ishtirok etish uchun Xiroshimaga uchadi. Bu haqda 19 may, juma kuni Amerikaning ko‘plab ommaviy axborot vositalari, jumladan, The New York Times nashri nomi oshkor etilmagan rasmiy manbalarga tayanib xabar berdi. Financial Thimes gazetasining yozishicha, Zelenskiy yakshanba kuni Tokioga keladi.
Ma’lumotni Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov tasdiqladi. «U yerda juda muhim ishlar hal qilinadi va shuning uchun bizning manfaatlarimizni himoya qilish uchun prezidentimizning mavjudligi mutlaqo zarur», dedi u davlat televideniyesiga bergan intervyusida.
Avvalroq Yaponiya hukumatidagi manbalar Ukraina rahbari G7 yetakchilari uchrashuvida virtual ishtirok etishi haqida xabar bergan edi. Buning uchun sammitga qo‘shimcha sessiya qo‘shildi. Zelenskiyni Kiyevga safari chog‘ida taklif qilgan Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida ham u uchrashuvda onlayn tarzda so‘zlashini aytdi.
Zelenskiy o‘tgan hafta Yevropaning bir qator poytaxtlariga tashrif buyurdi va ittifoqchilar bilan Kiyevga yangi qurollar yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldi.
Mavzuga oid
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
12:28 / 10.07.2026
Tramp Ukrainaga Patriot uchun raketalar litsenziyasini va’da qildi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
12:11 / 06.07.2026