Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Yaponiyaga G7 sammitida qatnashish uchun yetib bordi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy G7 («Katta yettilik») davlatlari yetakchilarining sammiti bo‘lib o‘tayotgan Xiroshimaga yetib bordi.
Foto: NYT
Yaponiya televideniyesi uning kelishi haqidagi ilk kadrlarni e’lon qildi.
Volodimir Zelenskiy Xiroshimadagi G7 sammitida shaxsan ishtirok etadi va u yerda AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashadi. Bu haqda avvalroq Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak umummilliy telemarafon efirida ma’lum qilgandi.
Unga ko‘ra, Zelenskiy va Bayden xalqaro qiruvchi samolyotlar koalitsiyasini tuzish va “ko‘plab boshqa masalalarni” muhokama qiladi.
"Bugun biz rasmiy ravishda samolyotlar koalitsiyasini yaratish haqida aytishimiz mumkin va bu Ukrainada yaqin orada osmonimiz, shaharlarimiz va fuqarolarimizni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa bo‘ladi, degani", deya ta’kidlab o‘tdi Yermak.
Bundan oldin Yaponiya hukumatidagi manbalar Ukraina rahbari G7 yetakchilari uchrashuvida virtual ishtirok etishi haqida xabar bergan edi. Buning uchun sammitga qo‘shimcha sessiya qo‘shildi. Zelenskiyni Kiyevga safari chog‘ida taklif qilgan Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida ham u uchrashuvda onlayn tarzda so‘zlashini aytdi.
Zelenskiy o‘tgan hafta Yevropaning bir qator poytaxtlariga tashrif buyurdi va ittifoqchilar bilan Kiyevga yangi qurollar yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldi.
Mavzuga oid
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
15:34 / 13.11.2025
«Ular bizga rahmat aytishi kerak» – Rubio Karib dengizidagi zarbalar borasida Yevropaning tanqidiga javob berdi
07:40 / 07.11.2025
BRICS vs G7: 2026 yil YaIM o‘sishi prognozlari - BRICS ustun
11:00 / 03.11.2025