Jahon | 11:19 / 22.05.2023
4459
2 daqiqa o‘qiladi

YeI naqd pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etishga majbur qiladi

Nohukumat tashkilotlardan Yevropa Ittifoqidan tashqaridan moliyalashtirish haqidagi ma’lumotni oshkor qilishni talab qiluvchi qonun loyihasi iyun oyida taqdim etiladi, deb yozadi Welt am Sonntag.

Foto: picture-alliance/AP Photo/F. Seco

Yevropa Komissiyasi (YeK) Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi nodavlat tashkilotlar va boshqa institutlarni hamjamiyatdan tashqaridan olinadigan har qanday moliyalashtirish haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishga majburlamoqchi, deb yozadi Germaniyaning Welt am Sonntag (WamS) gazetasi 21 may, yakshanba kuni.

Nashrning yozishicha, tegishli qonun loyihasi YeKning iyun oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan “Demokratiyani himoya qilish” deb nomlangan hujjatlar to‘plamiga kiritilgan.

Hujjat nodavlat notijorat tashkilotlar, biznes uyushmalari, PR-agentliklar va xususiy teleradiokompaniyalar kabi tashkilotlar Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlar tomonidan moliyalashtiriladimi yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarga ega milliy reyestrni yaratishni nazarda tutadi. Unga Transparency International, Pro Asyl yoki BUND kabi taniqli tashkilotlar kirishi mumkin, deb yozadi gazeta.

Jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazishni maqsad qilgan Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlardan pul oqimlari oshkor etilishi kerak, dedi gazetaga tashabbusni ilgari surayotgan YeK rahbarining qadriyatlar va shaffoflik bo‘yicha o‘rinbosari Vera Yurova.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid