Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikada Rossiya qo‘shinlari olib chiqilgunga qadar Ukraina bo‘yicha muzokara o‘tkazish taklif qilindi
"Birinchi navbatda - harbiy harakatlarni to‘xtatish, keyin - mustahkam tinchlik uchun sharoit yaratish", - Ukraina uchun JAR prezidenti Ramafosa tomonidan taklif qilingan reja shunday.
Afrikaning olti davlati yetakchilari Ukraina Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini hatto o‘z hududida RF qo‘shinlari bo‘lgan taqdirda ham boshlashi kerak, deb hisoblaydi. Bunday fikrni Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa 22 may, dushanba kuni o‘z mamlakati delegatsiyasining Moskva va Kiyevga safari arafasida bildirdi, deb yozadi Reuters.
“Avval – jangovar harakatlarni to‘xtatish, keyin – mustahkam tinchlik uchun asosli shart-sharoitlar yaratish”, — deya agentlik JAR prezidenti vakili Vinsent Magvenyuning so‘zlaridan iqtibos keltiradi.
Kiyevning pozitsiyasi shundan iboratki, Rossiya harbiylari Ukraina hududida ekan, Moskva bilan tinchlik muzokaralarini boshlash mumkin emas. Ayni paytda Kreml 2014 yilda anneksiya qilingan Qrim yarimoroli ustidan Rossiya suverenitetini tan olishni talab qilmoqda, deb eslatadi Reuters.
Siril Ramafosa 16 may kuni Afrika davlatlarining Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish tashabbusini e’lon qildi. Uni Senegal prezidenti Maki Sall boshqaradi. Tashabbusni Misr va Zambiya prezidentlari Abdul-Fattoh As-Sisiy hamda Xakainde Xichilema, shuningdek, Kongo Respublikasi va Uganda rahbarlari Deni Sassu-Ngesso hamda Yoveri Museveni qo‘llab-quvvatlamoqda.
2023 yil fevral oyida BMT Bosh assambleyasida Senegal delegatsiyasi Ukrainada tinchlikka erishish, mamlakat suvereniteti va uning xalqaro tan olingan chegaralari doirasida hududiy yaxlitligiga sodiqligini tasdiqlash, Rossiya qo‘shinlarini Ukrainaning barcha hududidan zudlik bilan olib chiqish zarurligi to‘g‘risidagi rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmadi. Misr va Zambiya ushbu rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi, Kongo Respublikasi va Uganda betaraf qoldi.
Mavzuga oid
23:35 / 17.06.2026
“Qora qit’a”ni qutqarmoqchi bo‘lgan Rayan - afrikaliklar uchun quduq qazib bergan 6 yoshli bola
08:35 / 12.06.2026
Transakva: Afrika xaritasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan megaloyiha
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
08:17 / 25.05.2026