Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning kundalik hisobotida birinchi marta Baxmutdagi janglar haqida ma’lumot berilmadi
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining 23 maydagi kechki hisobotida 2022 yil dekabridan beri birinchi marta Baxmutdagi janglar haqida ma’lumot berilmadi. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish instituti - ISW tahlilchilari xabar qildi.
Ularning ta’kidlashicha, bu «Vagner guruhi» kuchlarining shaharga chuqur kirib borishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Institut shuningdek, Ukraina rasmiylari 23 may kuni Ukraina Qurolli kuchlarining shahar chekkasida davom etayotgan cheklangan qarshi hujumlari fonida Baxmut yo‘nalishidagi janglar sur’ati pasayganini e’lon qilganini eslatib o‘tadi.
Bundan oldin Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar qo‘shinlar Baxmutning yarmini qurshovga olganini aytgandi.
«Dushman Baxmutni o‘rab ololmadi va ular shahar atrofidagi hukmron balandliklarning bir qismini yo‘qotdilar. Ya’ni, qo‘shinlarimizning qanotlar bo‘ylab shahar atrofida oldinga siljishi hali ham davom etayotgani dushmanning Baxmutda qolishini juda qiyinlashtiradi», - deb yozgan Malyar.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharning yarim halqaga o‘rab olingani Ukraina Qurolli kuchlariga «dushmanni yo‘q qilish imkoniyatini» beradi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026