Jahon | 14:53 / 25.05.2023
27349
5 daqiqa o‘qiladi

Belgoroddan olib qaytilgan o‘lja va ukrainlarning Donbass shimolidagi pozitsiyalari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 455-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Yevgeniy Prigojin katta intervyu berib, yana bir bor RF mudofaa vazirligini tanqid qildi, Rossiya elitasiga munosabatini bildirdi va Ukrainadagi urush rivoji bo‘yicha prognoz berdi. Uning qisqacha mazmuni haqida bu yerda o‘qish mumkin.
  • RF mudofaa vazirligi ukrainlarning boshqaruvchisiz katerlari Bosfor atrofida Qora dengiz flotining «Ivan Xurs» kemasiga hujum uyushtirgani haqida xabar berdi. Vazirlik barcha uch dron yo‘q qilingani, kema shikastlanmaganini aytgan. Ukraina hukumati hozircha bu ma’lumotga izoh bermagan.
  • Financial Times nashri Belgorod oblastiga hujum ishtirokchilari Amerika texnikasidan foydalanganini yozgan. AQSh ularni Ukrainaga mamlakat qurolli kuchlari ulardan Rossiya hududida foydalanmasligi sharti bilan bergandi.
  • Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov regionda hududiy mudofaa kuchlarining yetti bataloni shakllantirilganini — ammo Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, jangchilar qurol olib yura olmasligini aytdi.

RKK jangchilari Rossiyada o‘lja qilib olingan BTR fonida suratga tushishdi

«Rossiya ko‘ngillilar korpusi» (RKK) — Ukraina qurolli kuchlari tomonida turib jang qilayotgan tuzilma hisoblanadi. RKK jangchilari bungacha kamida ikki marta Rossiyaning chegara hududidagi shahar va qishloqlariga hujumlar uchun javobgarlikni zimmasiga olgandi — masalan, 2 mart va 6 aprel kunlari Bryansk oblastida diversiya uyushtirilgan, 22 may kuni esa Belgorod oblastiga ancha ichkari kirib borildi (bu amaliyot haqida bu yerda batafsil o‘qish mumkin).

RKK telegram-kanalida 22 may kuni jangchilar Belgorod oblastidan Rossiya FXXga tegishli bo‘lgan zirhli transportyorni (BTR) olib qochib kelishgani aytilgan video joylashtirildi. «Rossiya „muxolifati“dan shirin sovg‘alarni kutishga sabrimiz chidamadi, shuning uchun o‘zimizga o‘zimiz sovg‘a qildik. Masalan, BTR 82A», — deyilgan xabarda.

RKK jangchilari Ukrainaning Sumi oblastida, Rossiya bilan chegara yaqinida matbuot anjumani o‘tkazishga tayyorlanmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
RKK jangchilari Belgorod oblastida 22 may kuni o‘tkazilgan amaliyot chog‘ida o‘lja qilib olgan zirhli transportyor (BTR)
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Ukraina QKning Donbass shimolidagi pozitsiyalari 

Donetsk oblasti shimolidagi shaharlardan birining ko‘rinishi. Rossiya bosqiniga qadar 10 mingga yaqin kishi yashagan bu shahar hozir huvillab qolgan. Foto: Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina QK 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi jangchisi ukrain qo‘shinining front bo‘yidagi pozitsiyasida
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina QK 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi jangchisi Donetsk oblastida front chizig‘i yaqinidagi dala maydonida
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainalik askar Ukraina QK pozitsiyasidagi vaziyatni kuzatmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Olenivkaga zarba vaqtida halok bo‘lgan «Azov» jangchining dafn marosimi

Askarlar o‘z quroldoshi Andriy Konyayevning tobutini olib ketishmoqda —  u «Azov» polki jangchisi bo‘lib, 2022 yil 29 iyulida Donetsk oblasti Olenivka posyolkasidagi qamoqxonada halok bo‘lgan. O‘sha kuni koloniya o‘qqa tutilgandi: ukrain harbiy asirlaridan 53 kishi halok bo‘lgan, yana 75 kishi yaralangan. Ukraina QK bosh shtabi hodisada Rossiyani ayblagan, RF mudofaa vazirligi — Ukrainani. Konyayevni Kiyev oblastidagi o‘zi tug‘ilgan Fastiv shahriga dafn etishdi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Fastivda Andriy Konyayev bilan vidolashuv vaqtida tiz cho‘kib turgan kishilar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid