09:17 / 27.05.2023
6579

4 oyda eng ko‘p Rossiya kapitali ishtirokida yangi korxonalar tashkil etildi

4 oyda eng ko‘p qaysi davlatlarning kapitali ishtirokida yangi korxonalar tashkil etilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2023 yilning yanvar-aprel oylarida respublikada xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilmoqda – 341 ta.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni mos ravishda 187 ta hamda 99 ta bo‘lgan Xitoy va Turkiya joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

— Qozog‘iston – 74 ta;
— Janubiy Koreya – 42 ta;
— Tojikiston – 27 ta;
— Qirg‘iziston – 25 ta;
—Turkmaniston – 24 ta;
— Ozarboyjon – 17 ta;
— AQSh – 14 ta;
— Germaniya – 14 ta.

Top