Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chimkentda ish haqini ololmagan o‘zbekistonliklarga puli undirib berildi
Qozog‘istonning Chimkent shahrida ish haqini ololmay kelayotgan o‘zbekistonliklarga pullari undirib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Chimkent shahridagi ish beruvchi vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklarning ish haqini bermasdan ishlatgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Chimkent shahridagi vakiliga ish haqini undirib berish maqsadida murojaat qilingan.
Murojaatga asosan, ish beruvchi bilan muzokara o‘tkazilib, fuqarolarning 6800 AQSh dollari miqdoridagi oylik maoshi undirib berilgan.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
18:53 / 10.06.2026