Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida avval berkitilgan uchta nazorat o‘tkazish punkti qayta ishga tushadi
Qirg‘iz Respublikasi bilan chegaradagi «Bekobod - Xonobod» chegara o‘tkazish punktidagi devorni buzayotgani videotasvirlari tarqaldi. Aniqlanishicha, video Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati va O‘zbekistonning Andijon viloyati chegarasida suratga olingan.
Qirg‘iziston chegara xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni mazkur o‘tkazish punktini qayta ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozadi Kaktus media.
Mazkur chegara nazorat o‘tkazish punkti 2010 yilda O‘zbekiston tomonidan birtomonlama berkitilgan edi. O‘shanda O‘sh viloyatiga o‘tuvchi «Qorasuv» va «Qorabag‘ish» o‘tkazish punktlari berkitilgan edi.
Aytilishicha, bu chegara nazorat o‘tkazish punktlarining barchasi yaqin orada ochiladi. Qirg‘iziston tomoni ham bu punktlar orqali fuqarolarning o‘tib-qaytishini qayta boshlashga to‘liq tayyor.
Har ikki davlat o‘rtasida qo‘shimcha o‘tkazish punktlarini ochish masalasi so‘nggi bir necha yil davomida mamlakatlar hukumatlari tomonidan muhokama qilib kelinmoqda edi. Bunday punktlarni ochishdan maqsad — transport yuk oqimlari tranzitini yengillashtirish.
Avvalroq Samarqand shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari o‘rtasida davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
12:20 / 04.06.2026