Samarqandda Özbekiston va Qirğiziston hukumat delegatsiyalari örtasida davlat çegarasini demarkatsiya qiliş böyiça muzokaralar bölib ötdi.
Muzokaralar çoğida işçi guruhlarning yiğilişlari va demarkatsiya böyiça qöşma komissiyaning birinçi yiğilişi bölib ötdi, deb xabar qildi Qirğiziston hukumati matbuot xizmati.
«Uçraşuvda Qirğiziston-Özbekiston davlat çegarasining ayrim uçastkalarida qöşma dala tadqiqotlari natijalari muhokama qilindi», — deyiladi xabarda.
Qöşma demarkatsiya komissiyasi yiğilişi yakunlari böyiça tomonlar davlat çegarasini demarkatsiya qilişga oid huquqiy va texnik hujjatlarni tasdiqladi.
«Muzokaralar döstona muhitda ötdi. Tadbirlar yakuni böyiça tegişli bayonnomalar imzolandi», — deya xulosa qildi matbuot xizmati.

















