AQSh Rossiya ichidagi hujumlarni qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi
Vashington bor e’tiborini Ukrainaga texnik ta’minot va tayyorgarlik bo‘yicha yordam berishga qaratadi.
Qo‘shma Shtatlar Moskva shahriga uchuvchisiz uchoqlar yordamida uyushtirilgan hujumlarni qo‘llab-quvvatlamaydi va bor e’tiborini Ukrainaga o‘z hududlarini qaytarib olishga yordam berishga qaratadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
«Biz yangilikni ko‘rdik va sodir bo‘lgan voqea haqida ma’lumot yig‘ishda davom etmoqdamiz. Umuman olganda, biz Rossiya ichidagi hujumlarni qo‘llab-quvvatlamaymiz», dedi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per 30 may kuni.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington «Ukrainani o‘z suveren hududlarini qaytarib olishi uchun zarur bo‘lgan texnikalar va tayyorgarlik bilan ta’minlashga e’tibor qaratadi».
Rossiya rasmiylari xabariga ko‘ra, 30 may kuni Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Moskvadagi binolarga zarba berib, prezident Vladimir Putin va boshqa rus elitasi qarorgohlari joylashgan hududlarni nishonga olgan. Moskva meri so‘zlariga ko‘ra, hodisalarda ikki kishi jarohatlangan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu hujumlar Rossiyani qo‘rqitish va provokatsiya ekanini ta’kidlab, Moskva atrofida havo mudofaasi kuchaytirilishini aytdi.
Mavzuga oid
12:00
AQSh FZT 2020 yildan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
11:40
Germaniya Ukraina harbiylarining davolanishi uchun yana 50 mln yevro ajratadi
20:06 / 18.09.2024
Dronlar Tver oblastiga hujum qildi. U yerda raketa arsenali joylashgan
13:00 / 18.09.2024