Ukraina energetika tizimi 40-50 foizga yaqin quvvatini yo‘qotdi
Ukraina energetika tizimi 2022 yilning oktyabridan 2023 yilning martigacha raketa hujumlari natijasida o‘z quvvatlarining taxminan 40-50 foizini yo‘qotdi, dedi “Ukrenergo” rahbari Vladimir Kudritskiy Ukrainaning Forbes jurnaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shikastlangan obektlarning qariyb 70 foizining faoliyati tiklangan.
“Bizning vazifamiz kelasi qishgacha imkon qadar ko‘proq energiya bloklari va podstansiyalarni qayta tiklashdan iborat”, — dedi Kudritskiy.
Yevrokomissiya vakili Tim Makfining 25 may kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilishicha, Yevropa Ittifoqi endi Rossiyaning qazib olinadigan yonilg‘isiga qaram emas.
Oxirgi 12 oy ichida Yevropa Ittifoqi Rossiya va uning energiya manbalaridan mustaqil bo‘la olishini ko‘rsatdi, dedi u.
“Rossiyaning Yevropa Ittifoqiga ko‘mir importi to‘xtadi, neft importi juda oz ulushni tashkil etdi va Rossiya gazi Yevropa Ittifoqi bozoridan tez chiqib ketmoqda”, dedi Makfi.
Misol uchun, avval RF gaz yetkazib berishi Yevropa Ittifoqi importining taxminan 45-50 foizini tashkil qilgan. 2023 yil martiga kelib, bu ko‘rsatkich 8 foizga kamaydi.
Mavzuga oid
21:24
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54
Kaya Kallas: Ukrainaning YeIga qo‘shilish bo‘yicha aniq yo‘li bor
09:22