Jahon | 18:21 / 31.05.2023
8799
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Markaziy Osiyo davlatlariga dezinformatsiyaga qarshi kurashda yordam berishni rejalashtirmoqda

Bu mintaqa davlatlarining «suvereniteti va demokratik madaniyatini mustahkamlash» uchun zarur.

Foto: AP

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Markaziy Osiyo jamiyatlarining «dezinformatsiya»ga chidamliligini oshirishga qaratilgan besh yillik dastur uchun 12 million dollar ajratishga tayyor.

Hujjatga ko‘ra, bu mintaqa davlatlarining «suvereniteti va demokratik madaniyatini mustahkamlash» uchun zarur. Bunday tezislar USAID vakillari tomonidan tayyorlangan grantda mavjud. Bu haqda RT xabar berdi.

Hujjatda qayd etilishicha, Markaziy Osiyoda yangi tashabbusning maqsadiga «mediasavodxonlik» darajasini oshirish, «dezinformatsiya» va «yolg‘on rivoyatlarga qarshi kurashish» orqali erishish mumkin.

«Ushbu tadbirlar majmuasi, shuningdek, xalqaro, mintaqaviy va mahalliy siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha sifatli hisobot tayyorlash uchun mintaqadagi mustaqil ommaviy axborot vositalarining texnik ko‘nikmalari va bilimlarini oshirishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi yordam beradi», deyiladi matnda.

Qayd etilishicha, loyiha doirasidagi tadbirlar asosan Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonga qaratilgan. Biroq, umuman olganda, mexanizm Markaziy Osiyoning barcha beshta davlati uchun mavjud bo‘ladi.

Tashabbusning amal qilish muddati - besh yil.

Mavzuga oid