30 may tongida Moskvadagi uçta turar joy binosiga dronlar kelib urildi. Yana bir neça uçuvçisiz uçar qurilmalar şahar taşqarisida urib tuşirilgan. RF mudofaa vazirligi buni «Kiyevdagi rejim»ning «terrorçilik hujumi» deb baholadi. Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi Mixaylo Podolyak esa Ukrainaning bu hujumga «bevosita aloqasi» yöqligini bildirdi. «Meduza» bu hujum haqida şaxsi sir saqlangan ekspert (Rossiya hukumati «istalmagan» taşkilot faoliyatidagi iştirok uçun avvaliga jarima qöllaşi, bu holat yil davomida takrorlansa, jinoiy iş oçib, tört yilgaça ozodlikdan mahrum etişi mumkin) bilan suhbatlaşdi.
— Hujumning eng ehtimolli ssenariysi qanaqa edi: dronlar Ukrainadan kelganmi yoki Rossiya hududidan uçirilganmi?
— Idealda, menimça, [buni qilgan tomon] maksimal darajada xilma-xil hujumni uyuştirişi kerak edi. Agar qöyilgan vazifa havo hujumidan mudofaa amaliyotlarini va zarbalarni kuzatişni murakkablaştiriş bölsa, ham Ukraina, ham Rossiya hududidan uçirilgan dronlar kombinatsiyasini qöllaş töğri bölardi.
Ammo biz hozir faqat taxmin qilamiz, çunki heç qanday ma’lumot yöq. Biz bular qanday dronlar ekani, qanday tuzilişga egaligi va qança masofaga harakatlana olişi mumkin bölganini bilmaymiz. Ehtimoliy holatlarning biriga [agar dronlar Ukraina hududidan uçirilgan bölsa] köra, [Rossiya] havo hujumidan mudofaa tizimlariga savollar tuğiladi: uçuvçisiz uçar qurilmalar qanday qilib havo hujumidan mudofaa vositalaridan qoçib, bunday uzoq masofani uçib ötişi mumkin?
Ikkinçi holatda, agar parvozlar RF hududidan amalga oşirilgan bölsa, Federal xavfsizlik xizmatiga (FSB) savol böladi: dronlarni qanday qilib Rossiya hududiga olib kiriş va uçiriş mumkin edi? Uşbu ssenariylardan qaysidir birining ehtimolligini baholaş qiyin. Nima bölganda ham, Rossiya kuç işlatar tuzilmalariga savollar bor.
Menimça, ularning Ukrainadan uçirilişi ehtimoli yuqoriroq edi: qolaversa, [u yerdan] dronlar muntazam ravişda Bryansk va Belgorod oblastlariga uçirilmoqda. Ular [ukrainlar] allaqaçon [Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimini] paypaslab qandaydir teşikni topgan bölişi kerak.
— Hujum muayyan nişonlarga (Leniskiy prospektidagi Boş ştab akademiyasi, prezidentning Novo-Ogarevodagi qarorgohi, Rublyovkadagi obektlar) qaratilganmi yoki gap faqat qörqitiş aksiyasi haqida ketmoqdami?
— Men buni ayta olmayman, çunki, aftidan, dronlarning birortasi ham nişonga yetib bormagan. Moskva janubi-ğarbida [harbiy xarakterdagi] juda köp turliça nişonlar bor, şahar markaziga yaqinlaşgan sari ularning soni ortadi. Ular qayerga uçişgani — tuşunarsiz.
Şuningdek, bu dronlarning navigatsiya tizimi qanaqa bölgani ham unçalik aniq emas. Ular GPS signali böyiça uçişganmi? Moskva osmonida GPS unça yaxşi işlamaydi, ayniqsa, agar dronni oldindan payqagan bölişsa: signalni, katta ehtimol bilan, söndirişadi.
Agar ular inersial navigatsiyaga ega bölgan [bölsa], barçasi yanada murakkablaşadi, çunki u juda noaniq işlaydi. Bu holda bu dronlar nişondan taxminan bir xil masofada şunçaki qulab tuşgan bölardi — [möljallangan nuqtadan] yuzlab metr yoki kilometr masofada. Optik navigatsiya tizimi haqida gapiriş, menimça, örinsiz — bu juda murakkab va qimmat.
Şuning uçun ular qayerga uçgani — tuşunarsiz. Ammo, katta ehtimol bilan, ular GPS ularni qaysidir obektga olib borişiga umid qilgan holda harakatlangan.
— Hozirça qöllangan dronlar turi haqida köp narsa ma’lum emas, ammo ularning ayrimlari KZ-6 şaklidagi zaryadlar bilan jihozlangani haqida ma’lumotlar paydo böldi. Bunday portlovçi qurilmalar çindan ham muhim harbiy inşootlarga hujum qiliş uçun işlatilişi mumkinmi va uning vayronkor kuçi qanday?
— Biz çindan ham hujumda iştirok etgan dronlarning turi haqida köp narsa bilmaymiz. Kamida bir holatda u KZ-6 şaklidagi zaryad bilan jihozlangan. Bu minalardan tozalaş, devorlarni buziş va boşqa muhandislik işlari uçun möljallangan zaryaddir. U mustahkamlangan devor, beton yoki metall boşpanalarni teşib ötiş uçun kerak böladi.
Kumulyativ öq-dorilar zirhli texnikalarga yoki bunkerga zarba beriş uçun möljallangan. Agar zarba yaxşi mustahkamlanmagan nişonga yöllansa, albatta, fugasdan foydalangan ma’qulroq. Snaryad imkon qadar köproq odamga zarar yetkazişi möljallanganda esa, oskolkali snaryadlardan foydalaniladi.
Men bu hujumning maqsadlari va vazifalaridan xabardor emasman. Biz hatto buni kim qilganini ham rasman bilmaymiz: ukrainlar bu ularning işi emasligini ma’lum qilişgan, garçi, umuman olganda, bu ukrainlar edi. Katta ehtimol bilan, ular [nişonga yaqin joylaşgan] odamlarga katta zarar yetkazmasdan, faqat qandaydir ulkan mustahkam qurilmaga zarba berişni istaşgani uçun aynan kumulyativ öq-dorilardan foydalangan. Ammo nişon qanday bino bölgani noma’lum.
Portlatuvçi moslama bu dronga qanday örnatilgani va bu KZ-6 qanday qilib harakatga keltirilganini biz bilmaymiz. Muhandislar uni işlatganida signal orqali portlaş tizimi mavjud böladi. Ya’ni bu qandaydir zarba detonatori bölganini taxmin qiliş mantiqdan. U nima uçun işlamay qolgani esa tuşunarsiz.
Agar bu [tizimning nosozligi] [Rossiyaning] radioelektron kuraş vositalari aralaşuvi natijasi bölsa, demak, signal [dronga] qandaydir elektron interfeys orqali borgan — buni işonç bilan aytiş qiyin. Ammo qiziq jihati bor: bu dronning jangovar kallagi — qandaydir kolxozça. Şunday tasavvur uyğonadiki, [uni yiğganlar] muhandislik portlovçi qurilmasini olişgan va uni dronga mahkamlaşga uringan. Buning barçasi improvizatsiya va «tizzada turib» nimadir qilişga urinişdek körinadi.
Bu dronni qandaydir improvizatsiya qilib yasaşgandek: bir apparat planerini olişgan, unga aviatsiyaga umuman aloqasi yöq bölgan jangovar qismni moslaştirişgan. Bu haqiqatan ham qiziq, ammo dron turi ham, uning qurilmasi tafsilotlari ham noma’lum.
— Bu hujum Rossiya havo hujumidan mudofaa va radioelektron kuraş tizimlari faoliyati sifati haqida nimani körsatdi va bunday vaziyatda ularning harakatlari qanday rejalaştirilişi kerak edi? Ular dronlarning nisbatan keng kölamli hujumlariga doş bera oladimi?
— Rossiya mudofaa vazirligi sakkizta dron qandaydir tarzda urib tuşirilgani haqida ma’lum qildi, ulardan uçtasi — radioelektron kuraş vositalari orqali töxtatilgan, beştasi — havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan. Bunday dronlar soni ayrim naşrlarda aytilganidek köproq emas, faqat sakkizta edi deb hisoblansa, vazirlik bayonoti, umuman olganda haqiqatga töğri keladi. Hozirça ularning soni köproq bölgani töğrisida dalil paydo bölmagan. Agar ular çindan ham sakkizta bölgan va barçasini urib tuşirişga muvaffaq bölingan bölsa, Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari va radioelektron kuraş vositalari umuman normal işlagan deyiş mumkin.
Masalaning yana bir tomoni bor, agar binolarga urilgan uçta dronga radioelektron kuraş vositalari tomonidan ta’sir körsatilgan bölsa va [natijada] ular yoki boşqaruvni yöqotgan, yoki ularni qöndirişga harakat qilişgan, ammo ular uyga urilgan. Bundan keyin nima qiliş kerak degan savol örtaga çiqadi: Moskvadek aholi ziç yaşaydigan şahar ustida dronlarni qanday urib tuşiriş kerak? Keyin ular qayerlarga qulaydi? Va Rossiya rahbariyati bu uruşning moskvaliklar va boşqa [yirik] şaharlar aholisi hayotiga kirib kelişiga yöl qöymaslikka harakat qilayotgani hisobga olinsa, mudofaani qanday quriş kerak?
Hozirgi vaziyatdan kelib çiqilsa, ular [navbatdagi ehtimoliy dronlar] Moskvaning ustida ham urib tuşiriladi. Agar bu nisbatan kattaroq hujum bölsa, ular nimanidir ötkazib yuboradi (ya’ni qaysidir dronni ura olişmaydi va u şaharga kiradi), nimanidir yöq — ammo, aftidan, ularga hamma joyda öt oçişadi.
Asosiy savol — ular [havo hujumidan mudofaa va radioelektron kuraş vositalari] nima uçun oldingi hujum vaqtida dronlar Kremlgaça yetib borişiga yöl qöyişgandi? Agar ular şahar ustida urib tuşirilganida nima bölardi? Bu qançalik şovqinli va şov-şuvli voqea bölardi? Menimça, ular, albatta, qaysidir vaqtga qadar bardoş berişadi. Agar bu dronlar ança köproq bölsa, ular, buni uddalay olmasligi ham mumkin, ammo ular buni uddalaşga harakat qilişi muhim — bu dronlar qaysi yönalişda uçişidan qat’i nazar.