Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 17:43 / 31.05.2023
30144
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent shahriga qancha yer maydoni o‘tayotgani ma’lum qilindi
Foto: Benoy
Yangi Toshkent shahrini barpo etish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan jami 19729,4 gektar yer maydoni ajratilmoqda.
Toshkent viloyati yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasidagi yangiliklar haqidagi rasmiy kanal xabariga ko‘ra, shundan 12905,7 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari va 6823,7 gektar boshqa yer toifasidagi yerlardir.
Mazkur yerlardan foydalanuvchilar esa 772 tani tashkil etmoqda. Jumladan:
- fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yerlari – 13185 gektar (242 ta);
- yordamchi xo‘jaliklar va issiqxona yerlari – 203,8 gektar (49 ta);
- dehqon xo‘jaliklari – 323,5 gektar (100 ta);
- o‘zga yerdan foydalanuvchilar – 2263,2 gektar (379 ta);
- aholi tomorqalari – 3012,6 gektar;
- mahalliy hokimiyat zaxirasidagi yerlar – 60,5 gektar (2 ta);
- kanallar va yo‘llarga ajratilgan yerlar – 680,5 gektar.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026
Zangiotada yirik kumush savdosiga chek qo‘yildi
11:50 / 08.06.2026