O‘zbekiston va Eron savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuzadi
Toshkent shahrida 31 may kuni O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 15-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: gov.uz
Tadbirga O‘zbekiston tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Eron tomonidan esa Eron sanoat, konlar va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Said Mahdiy Niyoziy hamraislik qildi. Unda ikki davlatning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari ham ishtirok etdi.
Savdo ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishini ta’minlash maqsadida tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yiliga 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturini imzolash, Imtiyozli savdo bitimini qabul qilishni jadallashtirish, ikkala davlatning hududlarida Made in Iran va Made in Uzbekistan ko‘rgazmalarini o‘tkazishga kelishib oldi. Bundan tashqari, ikki tomonlama savdodagi to‘siqlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuziladi.
Investitsiyalar sohasida hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun ikki mamlakatning yirik kompaniyalarini jalb etishga tayyor ekanini bildirdi.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishida hamkorlikni chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar sohada o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kelishib olindi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha muzokaralar davomida erishilgan barcha ikki tomonlama kelishuvlarni aks ettirgan hamda O‘zbek-Eron hamkorligini har tomonlama chuqurlashtirishga qaratilgan Yakuniy bayonnoma imzolandi.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi
O‘zbekiston | 20:03
-
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:58
-
Muhammadali O‘rinboyev «Antverpen» safiga o‘tdi
Sport | 19:58
-
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46
Mavzuga oid

08:43 / 06.07.2025
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi

21:31 / 03.07.2025
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi

09:48 / 03.07.2025
Eron ikki fransuzni "Mossad" foydasiga josuslikda aybladi

15:28 / 02.07.2025