Jahon | 09:09 / 02.06.2023
10209
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariya parlamenti Ukrainaga qurol-yarog‘ berish haqidagi qonunni rad etdi

Berndagi parlamentda uchinchi davlatlarga Shveytsariyada ishlab chiqarilgan qurollarni Kiyevga topshirishga ruxsat beruvchi qonun loyihasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Aksariyat deputatlar bunga qarshi ovoz berdi.

Foto: Keystone / Alessandro Della Valle

Shveytsariya parlamenti – Milliy kengash 1 iyun, payshanba kuni uchinchi davlatlarga Shveytsariyada ishlab chiqarilgan qurollarini Ukrainaga topshirishga ruxsat beruvchi Lex Ukraine deb nomlanuvchi qonun loyihasini rad etdi. Parlament rasmiy saytining xabar berishicha, 98 deputat hujjatga qarshi ovoz bergan bo‘lsa, 75 nafari uni yoqlab chiqdi.

Avvalroq Berndagi hukumat (Federal kengash) Germaniya, Ispaniya va Daniyaning Ukrainaga qurol topshirish so‘rovlarini rad etib, mamlakatning urush materiallari to‘g‘risidagi qonuniga asoslanib, urush zonalariga qurol yetkazib berishni taqiqlagan edi.

Shveytsariya Federal kengashi mamlakatda ishlab chiqarilgan qurollarni faqat alohida hollarda, masalan, BMT Xavfsizlik kengashi Ukrainadagi urushni qoralagan taqdirdagina reeksportga ruxsat berishi mumkin. Biroq, bu variant istisno qilingan, chunki Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida veto huquqiga ega.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid