Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prigojin: Rossiya Mudofaa vazirligi XHKning Baxmutni tark etish yo‘lini minalab qo‘ygan
«Vagner» XHK rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi Baxmutdan jangchilarning chiqib ketish yo‘llarida «yuzlab tanklarga qarshi minalar va tonnalab plastid» qoldirgan, biroq hech kim jabrlanmagan. Hozir surishtiruv ketyapti.
Videodan kadr
«Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojinning aytishicha, rossiyalik harbiylar Rossiya Mudofaa vazirligi buyrug‘i bilan XHK jangchilarining Baxmutdan chiqib ketish yo‘llariga «yuzlab tanklarga qarshi minalar va tonnalab plastid» qo‘ygan. «Hozirda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda, bu zaryadlarni qo‘yganlar Mudofaa vazirligi vakillari edi. Nega bunday qildingiz, deb so‘rashganida, ular barmoqlarini yuqoriga ko‘rsatyapti. Savollarga javob bermayapti», deya 2 iyun, juma kuni Prigojinning so‘zlarini keltirgan uning matbuot xizmati.
«Taxmin qilish mumkinki, ular «Vagner» XHKning oldinga siljish bo‘linmalarini ushbu zaryadlar bilan kutib olishni xohlagan, garchi biz kolonna bo‘lib yurmaymiz», - deya qo‘shimcha qildi Prigojin. «Vagner guruhi» rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uning odamlaridan hech kim jabrlanmagan. U vaziyatni «ommaviy qamchilashga urinish» deb hisoblaydi.
25 mayda «Vagner» XHK Baxmutdan chiqib keta boshladi. Prigojin aytganidek, jangchilar dam olish va jismoniy tayyorgarlik uchun orqa lagerlarga jo‘natilgan. Prigojin matbuot xizmatining 2 iyundagi xabarida aytilishicha, o‘sha vaqtga kelib «Vagner» XHK bo‘linmalarining deyarli 99 foizi Baxmutni tark etgan» va «barcha pozitsiyalar tegishli ravishda Mudofaa vazirligiga topshirilgan».
Mavzuga oid
15:36 / 17.11.2025
Pokrovsk uchun jangda Rossiya yangi taktikadan foydalanmoqda
22:12 / 25.09.2024
FT: Yevgeniy Prigojin pullarni yashirin ravishda g‘arb banklari orqali o‘tkazgan
15:22 / 25.06.2024
Prigojinning «adolat marshi»ga bir yil. «Vagner» va voqea qahramonlari taqdiri qanday kechdi?
14:50 / 24.06.2024