ThePlayersTribune loyihasining bu safargi mehmoni «Liverpul» yarimhimoyaçisi Fabino böldi va u ham futbol muxlislari uçun qiziq bölgan öz hikoyasini aytib berdi.

«Liverpul»da öynaş qanday ekanini sizlarga aytib bermoqçiman. Ammo avval, bir narsani tan olib qöyay – Premer Ligadagi ilk bor qatnaşgan öyinimni özim tomoşa qilmaganman. 2018/19 yillar mavsumining boşi, avgust oyida «Vest Hem»ni 4:0 hisobida yutdik. Zaxira örindiğida ötirar ekanman, menimça, butun töqson daqiqani muxlislarga angrayib ötiriş bilan ötkazib yuborganman.

Angliyaga kelişimdan oldin televizorda APL öyinlarini tomoşa qilardim, oz bölsa-da, «Enfild»dagi muhitdan xabardorman, deb öylaganman. Stadionga kelganimda, fanatlarning You'll Never Walk Alone va boşqa qöşiqlarni ijro etişini, baland ovozda muxlislik qilişini, tabiiyki, kutganman, bu menga yoqardi.

Ammo har neki bilsangiz ham, öşa muhitning içida, jonli tarzda his qiliş boşqa – umuman boşqaça bölarkan. Maydondagi har bir voqea tribunada qanday aks etişini kuzatiş... Har bir podkat, töp olib qöyilişi, zarba, har qanday holat sodir bölişi bilan fanatlarga ögirilaman, ular jinni bölayozişardi. Maftun bölib qoldim. Bu ovoz, bu ehtiros. Umrimda bunaqasini körmagandim.

Muxlislar – jamoaning bir qismi. Ular bizga qanday öynaşni körsatib beradilar. Heavy metal football ularsiz öxşamaydi. Ular bizning har bir odimimizga undaydi. Heç qaçon töxtab qolişimizga yöl qöymaydilar. Hatto töp maydon markazidan qimirlamayotganda, hammasi biz rejalaştirgandek keçmayotgan omadsiz pallalarda ham ularni eşitamiz, göyoki kimdir «Olğa, olğa!» deya qiçqirayotgandek böladi.

Bu biz kabi futbolçilar uçun ajoyib, çunki, maydon markazidagi töp uçun oddiy kuraşdagi ğalabani ham xuddi bir gol urilgandek nişonlaydilar. «Liverpul»dagi menga eng yoqqan qism, albatta,

Liverpulga kelişim futbol faoliyatimdagi eng zör voqea hisoblanadi. Ba’zi paytlar bölganki, bu yerda bölişimni tasavvur ham qilolmasdim. Köpçilik uçun ğalati tuyular, men Braziliyada heç qaçon professional darajada futbol öynamay turib, «Real»da paydo bölib qoldim. Xuddi bir neça poğonani bosmasdan yuqoriga çiqib olgandek, şu bilan birga, qandaydir vunderkind ham emasdim. Bu yoşda muvaffaqiyat qozonişim kutilmagan holat edi.

«Fluminense»ning yoşlar tarkibida ekanimda, qaçondir kattalar jamoasiga qöşilişimni ham bilmas, agar rostini tan oladigan bölsam, qaçondir yuqori darajadagi futbolçi böla olişimga közim yetmasdi. Yomon öynamasdim, ammo vaziyatga real qaraş kerak. Hatto eslayman, ön sakkiz yoş paytimda klubga kelgan ruhşunos bizdan «futbolçi sifatidagi asosiy maqsadingiz nima?» deb söraganida, şunçaki, oilam uçun moliyaviy tomondan yordam bermoqçi ekanimni aytgandim.