O‘zbekiston | 15:40 / 07.06.2023
8449
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Qo‘nishga sabab tug‘uruq boshlangan homilador yo‘lovchi bo‘lgan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo‘ndirishga qaror qilgan.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskva — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY9620 reysini amalga oshirayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Bortida 171 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 14:42 da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.

Qo‘nishga sabab tug‘uruq boshlangan homilador yo‘lovchi bo‘lgan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo‘ndirishga qaror qilgan.

Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid