Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasi uchun 27 mln yevro grant ajratadi
Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarga keng ko‘lamli yordam berish maqsadida 27 mln yevro grant mablag‘lari taqdim etyapti.
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhom Norqulov, qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ahad Haydarov va tegishli tarkibiy tuzilma rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqining hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Vim Riyepma, loyiha menejyeri Adrian Nil ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarga keng ko‘lamli yordam berish maqsadida taqdim etilayotgan 27 mln yevro grant mablag‘lari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Bunda, mazkur mablag‘lar qishloq xo‘jaligining quyidagi islohotlarni amalga oshirishga qaratiladi:
iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish tadbirlarini amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
oziq-ovqat va sog‘lom oziqlanish xavfsizligini ta’minlash;
davlat xarajatlarini diversifikatsiya qilish.
Uchrashuv yakunida grant mablag‘larini olish bo‘yicha erishilishi lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlari kelishib olindi.
Mavzuga oid
08:50 / 05.06.2026
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
08:48 / 03.06.2026