Messi Mayamini tanladi. Nega «Barselona»ga ertaknamo qaytish ro‘y bermadi?
U «Barselona»ga qaytishni xohlagani, ammo rasmiy taklif bo‘lmaganini aytgan.

Argentinalik hujumchi, «PSJ» bilan shartnomasi muddati tugaganidan erkin agentga aylangan Lionel Messi Amerikaning «Inter Mayami» klubiga o‘tmoqda. Buni futbolchining o‘zi tasdiqladi.
«PSJ» 3 iyun kuni Messi jamoani tark etishini e’lon qilgandi. U «Barselona»dagi uzoq yillik faoliyatidan so‘ng, shartnomasi tugagach, 2021 yil yozida parijliklar safiga o‘tgandi. Yakunlangan mavsumda forvard barcha turnirlar doirasida 41 o‘yinda maydonga tushib, 21 gol urdi va 20 golga uzatma berdi.
Laportaning astoydil harakati
Lionel Messi atrofidagi voqealar so‘nggi kunlarda shu qadar tez rivojlandiki, uning xronologiyasini tashabbus u jamoadan bu jamoaga o‘tib turadigan shiddatli bahs bilan solishtirish mumkin. Yakshanba kuni kuchli pressing o‘tkazgan «Al-Hilol» hujumga o‘tgandi. Saudiya tomoni shu qadar qat’iy kirishgandiki, Parijga delegatsiya yuborib, kelishuv 48 soat ichida hal bo‘lishini kutgandi.
Bu vaqtda esa «Barselona» lagerida umidsizlik hukm surardi. Bu yerdagilar Messi o‘ta qiyin qarorni qabul qilishi va baribir Yaqin Sharqqa yo‘l olishi haqida pichirlab gaplashishardi. Buning yagona sababi kataloniyaliklar moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq muammolar va hatto Jordi Alba va Buskets bilan xayrlashilganidan keyin ham maosh chegarasi yuqori darajada qolayotgani edi. La liga rahbari Xaviyer Tebas reglament oldida barcha teng deb hisoblashi tufayli hech qanday imtiyozdan umid qilishning hojati yo‘q edi. U Messi bilan nima bo‘lishi — la liganing emas, klubning muammosi hisoblanishini ham aytgandi.
Ammo Joan Laporta afsonaviy «o‘nlik»ni qaytarish g‘oyasiga shunchalik astoydil kirishgandiki, ko‘k-anorranglilar uddalab bo‘lmas ishni uddalaydigandek ko‘rinayotgandi. Klub prezidenti so‘nggi ikki oy mobaynida o‘nlab xodimlarni ishdan bo‘shatdi va ayrim yetakchilar bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi – buning bari yirik marketing yurishini amalga oshirib, yulduzli futbolchini qaytarish uchun zarur bo‘ladigan millionlarni yig‘ish uchun qilindi.
Dushanba kuni tushda liga og‘zaki ravishda «Barselona»ning yillik moliyaviy rejasini tasdiqlagani haqida xabar tarqaldi. Bu yangi reglamentdagi, kataloniyaliklarning iqtisodiy dastaklardan nazoratsiz foydalanishini istisno qiluvchi o‘sha chora edi.
Yana o‘sha dastaklardan foydalana olish uchun liganing roziligi talab etilardi. Reja ma’qullangan bo‘lsa-da, argentinalik yulduz bilan moliyaviy yo‘qotishlarsiz shartnoma imzolashga to‘sqinlik qiladigan detallar saqlanib qolgandi. Gap shundaki, maosh chegarasidan o‘tgan klub, hech bo‘lmaganda, bu muammo bartaraf etilmaguncha, yangi futbolchilar bilan oddiy sharoitda shartnoma rasmiylashtirish imkoniyatidan mahrum. Ya’ni bu vaziyatda mashhur «4 ga 1» qoidasi kuchga kiradi, unga ko‘ra, klubning ish haqi fondi yangi futbolchilarning maoshlari miqdorining to‘rt baravarigacha kamaytirilishi kerak edi.
Shuning uchun Laporta va Xorxe Messi o‘rtasida dushanba kuni o‘tkazilgan uchrashuvda «Barsa» prezidenti kamchiliklarni bartaraf etish uchun vaqt so‘radi. Bundan tashqari, tomonlar boshi berk ko‘chadan chiqish ssenariylarini birgalikda ishlab chiqishga harakat qilishdi va bu masalada jiddiy oldinga siljish bo‘layotgandek ko‘ringandi. Ammo keyinroq ma’lum bo‘ldiki, Messi va YeChL finaligacha «Siti» bilan shartnomasini yangilash masalasini muhokama qilish haqida o‘ylamayotgan Gundo‘g‘anni transfer qilish uchun kataloniyaliklar kamida uch futbolchisini yaxshigina pulga sotishi talab etilardi.
Saudiyaliklarning milliardlaridan voz kechilishi
Saudiyaliklar delegatsiyasi esa taajjubga tushishdi, chunki ular shartnomaning muhim punktlarini ishlab chiqishgacha yetib kelishgandi. Muzokaralar tafsilotlari turli manbalarda turlicha keltirildi, lekin umuman olganda bu tafsilotlar bir-biriga zid kelmasdi. Qisqacha aytganda, aprel oyidan buyon amalda bo‘lgan, yiliga 400 million yevro to‘lash bo‘yicha taklifni oshirish orqali ildamlik qilishga bo‘lgan urinish ham ish bermadi. Va so‘nggi qadam — ikki yil uchun milliard dollar ham — hech narsani o‘zgartirmadi.
Messi minnatdorchilik bildirdi, ammo o‘z atrofidagilardan hech bo‘lmaganda muzokaralarni to‘xtatib turishni so‘radi. Yoki ularni bir yilga ortga surishga, bu uning Amerika Kubogi-2024 turniriga qadar Yevropada va Chempionlar ligasida o‘ynash rejasi bilan bog‘liq edi. «Barselona»ga qaytish uchun Leo ko‘p narsaga tayyor edi, katta Messi buni tasdiqladi va o‘zi ham shuni xohlashini aytdi.
Ko‘k-anorranglilar va la liga munosabatlarida ilgarilashga guvoh bo‘lgan Leo yakunda yana biroz kutishga rozilik berdi. Bundan tashqari, oila omili ham rol o‘ynagan. Matbuotda bir necha bor Messining farzandlaridan biri ikki yil mobaynida Parijga moslasha olmagani va shuning uchun Antonella Rokutsso uni uyga qaytishga undayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyin esa, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, aynan rafiqasi Amerika variantini saudiyaliklarnikidan afzal ko‘rgan.
Kataloncha tupik
«Barselona» esa vaqt bilan kurashishni davom ettirdi va ayrim manbalar tasdiqlashicha, yaqin kunlarda kamida bitta yirik sotuv amalga oshirilishi kerak edi. Natijada seshanba katalonlar uchun vahima kuniga aylandi, bu jarayon chorshanba kuni o‘z cho‘qqisiga chiqdi. Kimdir ko‘k-anorranglilar Messiga yiliga 12 million yevro to‘lashni nazarda tutuvchi shartnoma tayyorlagani va rasmiy taklif yuborish uchun hech qanday to‘siq yo‘qligii ham aytib chiqdi. Ammo taniqli insayder Jyerar Romero «Barsa» muxlislari ustidan sovuq suv quydi. U ham so‘nggi daqiqalargacha afsonaning qaytishi borasida optimistik qarashda edi, endi esa qaytish ro‘y berishi uchun aql bovar hodisa sodir bo‘lishi kerakligini aytdi.
Jarayondan yaxshiroq xabardor bo‘lgan manbalar esa yulduzli futbolchi uchun kurashda «Inter Mayami» favoritga aylanganini ishonch bilan yoza boshlashdi. Maoshlar haqida hech qayerda yozilmadi, faqat Leo uchun bonuslar ro‘yxati keltirildi, bular qatorida futbolchi ham Devid Bekhem kabi MLS chempionatidagi biror klubni imtiyozli asosda sotib olish huquqiga ega bo‘lishi, shuningdek, striming servislaridan birining yangi obunachilaridan keladigan foydadan hamda klubning texnik hamkorlari mahsulotlari sotuvidan ulush olishi ko‘zda tutilgandi. Aftidan, bu Amerika ligasi rahbariyati aytgan o‘sha ayyor reja bo‘lib, unga ko‘ra, asosiy qarorlar barcha klublar tomonidan birgalikda qabul qilinadi.
«Barselona»ga keladigan bo‘lsak, chorshanba kuni ham Messining otasiga havolab berilgan holda, Leo ko‘k-anorranglilar safida tekinga ham o‘ynashga tayyorligi, shu bilan birga, transfer ehtimoli kamligi va bunda gap pulda emasligi haqida xabar berildi. Holbuki, gap aynan klubdagi moliyaviy holatda edi, tasdiqlangan iqtisodiy reja amalga oshirilishi uchun ko‘p vaqt talab etilardi. Katta ehtimol bilan yozgi transferlar bozorining so‘nggi kuniga qadar ish olib borish kerak edi.
Messi esa buncha kutishni istamasdi. U ikki yil oldin «Barselona» ofisida qoldirilgan xaskashni yana bir bosa olmasdi, o‘shanda u klub shartnomani yangilashini uzoq kutib, yakunda ko‘zda yosh bilan «PSJ»ga ketishga majbur bo‘lgandi.
Ko‘k-anorranglilar endi ortiqcha zo‘riqishsiz tizimli ravishda jamoani qurishda davom etadi. Leo esa Yevropada barcha sovrinlarni yutib bo‘lgan va Florida quyoshida toblanishga to‘la haqli. Rafiqasi ham mamnun, oldindan Mayamidan uy sotib olib olingan, Amerika JCh-2026 arafasida dunyo e’tiborini o‘ziga qaratadi, Messining qadrdonlari Buskets va Alba ham shu yerga yo‘l olishi mumkin.
Leo «Barselona» haqida o‘ylamoqda va qaytib kelmoqchi. Hech bo‘lmaganda shu shaharda yashash uchun
«Men klubga yaqinroq bo‘lishni istardim. Va Barselonada yashamoqchiman. Biz buni rafiqam va bolalarim bilan kelishib olganmiz.
Qachon va qanday bo‘lishini bilmayman, ammo, umid qilamanki, bir kun kelib klubga yordam bera olaman, chunki bu men sevadigan klub. Buni doim aytganman. Men faoliyatim davomida o‘zim his qilgan mehrni qadrlayman va shuning uchun ham bir kun kelib «Barselona»ga qaytishni xohlayman. Ha, men u yerda bo‘lishni istayman», deya javob qaytargan u «Barselona»ga futbolchi sifatida bo‘lmasa ham, boshqa maqomda qaytishi ehtimoli haqidagi savolga javoban.
Tyc Spors manbasi xabar berishicha, Amerika klubi bilan kelishuvda Messi istalgan mavsum oxirida erkin agent sifatida ketishi mumkinligi ko‘rsatiladi.
Qolaversa, ayrim manbalar «Mayami» futbolchini «Barselona»ga ijaraga berishi ehtimolini ham istisno etmayapti.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya nefti narxi RF budjeti hisob-kitoblaridan 25 foizga pastladi
Jahon | 08:12
-
Grenlandiyada yangi hukumat tasdiqlandi - ular mustaqillik tarafdori
Jahon | 08:00
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
Mavzuga oid

12:41 / 06.04.2025
«Real» ham, «Barsa» ham chempionlik poygasida qoqildi. Kun o‘yinlari

02:38 / 03.04.2025
Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi

15:30 / 01.04.2025
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi

12:09 / 31.03.2025