Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston mudofaa vaziri Qatar harbiy delegatsiyasini qabul qildi
Bugun, 9 iyun kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Qatar bosh vaziri o‘rinbosari - mudofaa ishlari bo‘yicha vaziri Xolid bin Muhammad al-Atiya rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Mudofaa vazirligi markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvda general-leytenant Bahodir Qurbonov qatarlik hamkasbini O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlab, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona munosabatlar jadal sur’atlar bilan rivojlanib, yangi tarixiy bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv davomida vazirlar xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari, xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, uning rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirishning istiqbolli yo‘nalishlari haqida fikr almashishdi.
Mavzuga oid
10:35 / 08.07.2026
Germaniya mudofaa uchun rekord mablag‘ ajratadi
08:45 / 07.07.2026
Dunyoning eng ilg‘or 7 ta havo hujumidan mudofaa tizimi
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
11:49 / 25.06.2026