Ikkinçi jahon uruşi boşlangaç oradan bir yarim yil ötib, 1941 yil 11 mart kuni AQŞ prezidenti Franklin Ruzvelt tomonidan Lend-liz dasturi haqidagi qonun qabul qilinadi. Unda AQŞ tomonidan nemislarga qarşi uruşayotgan davlatlarga keng miqyosda yordam körsatilişi belgilangandi.

AQŞ bu dastur böyiça avval Britaniyaga, söng faşistlar Germaniyasi bostirib kirgaç SSSRga juda katta yordam beradi. Bu yordamni öz vaqtida sovet rahbarlari ham e’tirof etişgan.

Stalin, Franklin Ruzvelt va Çerçill 1943 yil Tehron konferensiyasida

Jumladan, 1943 yil 28 noyabrdan 1 dekabrgaça Tehronda SSSR rahbari Stalin, Britaniya boş vaziri Uinston Çerçill va AQŞ prezidenti Franklin Ruzvelt iştirokida konferensiya ötkaziladi.

Bu paytda Germaniyaning SSSRga bosqini muvaffaqiyatsizlikka uçragan, faşistlar Stalingradda va Kursk tanklar jangida yutqazgan, ortga çekinayotgan edi.

Konferensiya davom etayotgan paytda 30 noyabr kuni Britaniya boş vaziri Uinston Çerçill özining tuğilgan kunini nişonlaydi. Şu yerda Stalin Britaniya boş vazirini tabriklab nutq sözlaydi va Lend-liz yordami haqida gapiradi.

«Men sizga prezident (AQŞ prezidenti nazarda tutilmoqda) va Qöşma Ştatlar uruşda ğalaba qozoniş uçun nimalar qilganini aytmoqçiman. Bu uruşda eng muhim narsa turli harbiy texnikalar böldi. Qöşma Ştatlar oyiga 8 000 dan 10 000 tagaça samolyot işlab çiqarişi mumkinligini isbotladi. Rossiya oyiga köpi bilan 3 000 ta samolyot işlab çiqarişi mumkin. Angliya oyiga 3 000-3 500 dona, asosan oğir bombardimonçi samolyotlar işlab çiqaradi. Şu jihatdan, Qöşma Ştatlar harbiy texnikalar mamlakatidir. Lend-liz dasturi bilan jönatilgan harbiy texnikalarsiz biz bu uruşda yutqazgan bölardik», deydi Stalin.

Keyinçalik, Tehron konferansiyasida sovet delegatsiyasi tarkibida bölgan Nikita Xruşçev keyinçalik Stalin AQŞning yordami haqida nafaqat Çerçillning tuğilgan kuni tantanalarida, balki konferensiya davomida köp marta gapirganini eslab ötgandi.

Biroq keyinçalik «sovuq uruş» davrida SSSR va AQŞ örtasidagi munosabatlar sovib ketgaç sovetlar AQŞning yordamini «unuta» boşlaşadi yoki boşqaça talqin qilişadi.

Lend-liz şartlari

Ikkinçi jahon uruşi tugagaç yangi hududlarni nazorat qiliş masalasida özaro raqobat olib borgan SSSR va AQŞ örtasidagi munosabatlar keskin sovuqlaşadi.