O‘zbekiston Qirg‘izistondan go‘sht va sut importini soddalashtirmoqchi
Yil boshidan buyon ikki davlat chorvachilik mahsulotlari uchun chegaralarni ochish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
O‘zbekiston Qirg‘izistondan chorvachilik mahsulotlari yetkazib beruvchilarni import qiluvchilar reyestriga kiritishga tayyor, deb yozadi Tazabek Qirg‘iziston TIVga tayanib.
Bu - Qirg‘izistonning Toshkentdagi elchisi Musa Jamanboyevning O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Veterinariya davlat qo‘mitasi rahbari Bahrom Norqobilov bilan uchrashuvida asosiy masalalardan biriga aylandi. Tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari import-eksportini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Xususan, sut, go‘sht va baliqni qayta ishlash bo‘yicha Qirg‘iziston firmalarini O‘zbekiston importyorlari reyestriga kiritish masalalari ko‘rib chiqildi. Norqobilov ushbu tezkor jarayonni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, diplomat va Veterinariya qo‘mitasi rahbari ilgari erishilgan boshqa reja va kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Jumladan, tez buziladigan mahsulotlar uchun bojxona «yashil yo‘laklari» yaratish masalasi ko‘tarildi.
Yil boshida O‘zbekiston va Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi. U o‘zaro oziq-ovqat, jumladan, go‘sht va sut mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha jami 373 million dollarlik uchta shartnomani o‘z ichiga oladi.
Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari o‘rinbosari Nurdin Alisherov qo‘shni davlat bilan sut va go‘sht mahsulotlari eksporti uchun chegaralarni ochish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi. O‘zbekiston bozori ichki talabning ortishi tufayli mahalliy yetkazib beruvchilarni qiziqtirmoqda, dedi u.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024