Internetda tarqalgan va rasman rad etilgan miş-mişda milliy valutaning 10000:1 nisbatda yangi pul belgilariga almaştirilişi hamda eski va yangi pul belgilari 2025 yilgaça parallel ravişda muomalada bölişi iddao qilingan.
“Uşbu xabarlar heç qanday asosga ega emas, bugungi kunda pul birligini denominatsiya qiliş masalasi Özbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan közda tutilmagan”, – deyiladi MB rasmiy axborotida.
Özbekistonda denominatsiya haqidagi miş-mişlar va rasmiylar munosabati
Ma’lumot uçun, denominatsiya – hisob-kitoblarni ixçamlaştiriş maqsadida qoğoz pul nominali (yozib qöyilgan qiymati)ni pasaytiriş hisoblanadi. Bunda katta nominaldagi kupyuralar yangi, kiçik nominaldagi kupyuralarga almaştiriladi.
Özbekistonda 1994 yilda söm-kupon 1000:1 nisbatda sömga denominatsiya qilingan.
Oxirgi marta 2019 yilda pul birligini yangi pul birligiga almaştiriş masalasi muhokama qilingan. Öşanda ham ijtimoiy tarmoqlarda yangi pul birligi 10000:1 nisbatda muomalaga kiritilişi, plastik kartadagi pullar 2020 yil 1 yanvardan avtomatik ravişda törtta nolni yöqotişi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq Markaziy bank bu xabarlarni rad qilib çiqqandi.
2019 yil boşida qator OAVda prezident Şavkat Mirziyoyev 100 000 sömlik yangi kupyurani valutaning keyinçalik denominatsiyasi bilan çop etiş töğrisida körsatma bergani haqida xabarlar paydo bölgan, Markaziy banki denominatsiya bölmasligini ma’lum qilgandi.
2019 yil mart oyi boşlarida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov Özbekistonda milliy valutaning denominatsiyasini ötkaziş vazifasi qöyilmaganini bildirdi.
Ammo şundan keyin 2019 yil iyun oyida Markaziy bank mas’ullari denominatsiya ehtimolini rad qilmadi.












